Kandidamikoz

Kandidamikoz, kandidoz (Candida — achitqisimon zamburug’tur- kumining lot. nomi va Yun. mycos — zamburug’), og’iz oqarishi, elikish — odam va hayvonlarda uchraydigan mikoz kasalligi; asosan achitqisimon (Candida) zamburug’lar qo’zg’atadi. Bunda teri, shilliq qavat, ba’zan ichki a’zolar za- rarlanadi. Ko’proq bolalar va keksalar- da kuzatiladi. Juda qadim zamonlardayoq yosh bolalar, xususan, chaqaloqlar hamda majolsiz bemorlarda kuzatiladigan mog’or deb nomlangan til oqarishi ma’- lum bo’lgan. Kandida zamburug’lari tabiatda keng tarqalgan; xususan, o’simliklar, meva va sabzavotlarda, shu- ningdek, qandli mevalarda yashaydi; ular odam va hayvonlarning terisi hamda og’iz bo’shlig’ida, ichak, nafas va tug’ruq yo’llarining shilliq qavatlarida har doim bo’ladi. Kandida zamburug’i yangi tug’ilgan bolaning terisi va shilliq qavatiga tug’ruq yo’llaridayoq tushadi va bir umr u b-n birga yashaydi. Ba’zi hollarda organizmning himoya kuchla- rini pasaytiruvchi og’ir kasalliklar (sil, qon kasalligi, dizenteriya, terla- ma va b.) oqibatida, shuningdek, kishi antibiotiklar bilan tartibsiz da- volanganda organizmdagi mikroorga- nizmlarning biologik muvozanati bu- zilib, kasallik paydo qiladi. Bunday hollarda hamda uzoq betob yotgan kishi- larda og’iz bo’shlig’i shilliq qavatida oqarish vujudga keladi, til, tanglay va milkda oson ko’chadigan oq karashlar paydo bo’lib, ular ovqat eganda og’riydi. Olib qo’yiladigan tish protezi taqadigan keksalarda (ko’pincha ayollarda) ba’zan og’iz burchaklari terisi shilinib yoriladi; bunda Kandida zamburug’ining ko’payishi uchun qulay sharoit tug’iladi, aksari lab bichiladi (q. Labbichilishi). Ko’pincha tirnoq bolishlari va milk ka-sallanadi; tirnoq g’adir-budur, xira, mo’rt bo’lib qoladi, chetlari qayrilib, o’rnidan ko’chadi; tirnoq b-n et orasiga yiring yig’iladi, milki yallig’lanadi, shishib, qalin tortadi. K. ko’pincha qinda paydo bo’ladi. Bunda shilliq qavat oq ka- rash b-n qoplanadi, suzmasimon chiqindi ajraladi, aksari qichishadi (q. Vaginit). Bolalar va semiz kishilarning teri bur- malari (barmoklar orasi, chov burmalari, ayollarda sut bezlari osti, orqa chiqaruv teshigi atrofi va b.)da ham K. kuzatila- Di (teri K.i). Shilliq qavat va teri K. i o’z vaqtida davolanmasa, kasallik avj olib, ichki a’zolarga ham o’tib ketishi mumkin. Ichki a’zolar K.ida o’pka, me’- da-ichak yo’li, siydik-tanosil, yurak-to- Mir sistemasi va b. a’zolar zararlani- shi mumkin. Bemor qancha barvaqt vrachga murojaat qilib, tegishli davo olsa, shuncha tez tuzalib ketadi. Kasallikning oldini olishda gigiena qoidalariga rioya qilish va faqat vrach buyurgan do- rilarni ichish muhim ahamiyatga ega. Hayvonlarda og’iz bo’shlig’i, tomoq, oshqozon-ichak sistemasi shilliq par- dalari, siydik yo’llarining zarar- lanishi, ustki qismining oq qatlam qoplashi b-n kechadi. Zamburug’lar og’iz va nafas yo’llari shilliq parda- sini, parda ostini zararlab, nekroz hosil qiladi. Zamburug’qon va lim- FA orqali butun organizmga tarqaladi va ichki organlarni zararlaydi. Kasallik 6 oygacha bo’lgan buzoq, qo’zi, chuchqa bolalari, ko’proq 3 oygacha bo’lgan jo’jalarda uchraydi. Shuningdek, modda- lar almashinuvining buzilishi va Avita- minoz natijasida kuchsizlangan katta yosh- dagi hayvonlar ham kasallanadi. K. ko’p hollarda disbakterioz va ayrim yuqumli kasalliklar (sil)ni og’irlashtiradi. Kasallik manbai — kasal hayvon. K. paydo bo’lishiga hayvonlarni sifat- siz oziqlantirish, organizmning umu- miy zaiflashuvi, uzoq muddat anti- biotiklar b-n davolash sabab bo’ladi. K.ning yashirin davri 3-15 kun. Kasal- langan jo’jalarda ishtaha yo’qoladi, holsizlanadi, patlari to’ziydi, ichi ketadi, bir joyga to’planib turadi. Ularning jig’ildoni ushlab ko’rilganda qattiqlashgan va og’riqli bo’ladi, ozuqani yutishi qiyinlashadi. Kasallan- gan jo’jalar 100% gacha nobud bo’ladi. Qo’zi, uloq, buzoq va cho’chqa bolalarida ko’zidan yosh oqadi, til, tanglay, tomoq va burun shilliq qavatida oqish-kulrang parda paydo bo’ladi, uning tushib ke- tishi bilan o’rnida yara hosil bo’ladi. D a v o l a sh : ozuqaga yoki qatiqqa nystatin sulfanilamid preparati (bir kg vaznga 10-100 mg miqdorida) qo’shib beriladi. Oldini o l ish : hayvonlarni zoogigiena talablariga qat’iy rioya etgan holda Vita- minlarga boy ozuqalar b-n boqish. Kasal- lik aniklangandan so’ng kasal hayvonlar ajratiladi, molxonalar va jihozlar 1 %li kaustik soda yoki 2%li formalin eritmasi b-n dezinfektsiya qilinadi. Saidqosim Arifov, Abdulla Kuranboev.