Kapillyar suv
Kapillyar suv — tog’jinsla- ri zarralari oralig’idagi bo’shliq va mayda yoriqlarni to’ldirib turuvchi suv. K. s. jinslardagi suyuq-tomchi (sizot) suvi sathidan yuqorida tarqalgan bo’lib suyuqlikning sirt tortishish kuchning ta’siri ostida saqlanib turadi. K. s AE- rasiya zonasining pastki qismini egal- lab, ma’lum bir qalinlikdagi namlanish zonasini hosil qiladi. Bu zona pastki qismidagi kapillyar kanallarni to’liq, yuqori qismidagilarni esa qisman to’yintiradi. Kapillyar namlanish zona- si balandligi kapillyar kanallar Diame- triga teskari proportsionaldir; kanal- lar diametri qanchalik kichik bo’lsa na- mlikning ko’tarilishi shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha. Kapillyar ko’tarilish balandligi, shuningdek, jinsning na- mligiga ham bog’liq. Nam jinslarda ka- pillyar ko’tarilish kichik bo’ladi. Kapil- lyar ko’tarilishi balandligi (h) quyidagi formula orqali aniqlanadi: h =2A bunda g — kapillyar kanal radiusi; A — suyuqlikning kapillyar doimiyligi, uning qiymati radiusi 1 mm bo’lgan nay qo’llanganda suvning unda ko’tarilish balandligiga teng. Suv uchun t-ra 0° bo’lganda A—15,4; US— suyuqlik zichli- gi; g — og’irlik kuchi tezlanishi. Agar chaqiq jins zarralari diametri va darz- lik kengligi 2-2,5 mm bo’lsa suvning ka- pillyar ko’tarilishi butunlay to’xtaydi. Qumli jinslarda namlikning yuqoriga ko’tarilish bal. 0,3— 0,6 m, qumoq va qumloq tuproqlarda 1,2—1,6 m, gilli jinslarda 3-4 m ga etadi.