Kapitalizm
Kapitalizm — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik in- tlarga asoslangan jamiyat turi. Ijti- moiy tafakkurning turli oqimlarida K. — erkin tadbirkorlik tizimi, indu- strial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, K. ning hoz. davri esa — «aralash iqtisodiyot», «postindustrial jami- yat», «axborot jamiyati» va b. sifatida ta’riflanadi. Marksizmda K. — i.ch. vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital tomonidan ekspluatasiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, deb talqin etiladi. K. 14-15-a.larda Italiya (savdo) va Gollandiya (manufaktura) shaharlarida yuzaga kelib, 16-a.dan boshlab Evropada dastlabki sarmoya (kapital) jamg’arish deb atalmish jarayon natijasida qaror topdi. Sanoat sohasidagi keskin o’zgarishlar samarasi o’laroq yirik, ma- shinalashgan i.ch. tashkil topgan edi. K. sharoitida bozor raqobati mexanizmi (q. Raqobat) tadbirkorni foyda olish uchun sarmoyani doimo ko’paytirib borish va i.ch.ni takomillashtirishga undaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlar, fan va tex- Nikaning tez sur’atlar b-n rivojlani- shiga imkon beradi. 19-a. oxiri va 20-a. boshida G’arbdagi rivojlangan mamla- katlarda yirik sanoat va bank korpora- tsiyalari tashkil topadi, moliya kapitali muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi, bozor raqobatiga iqtisodiyotni davlat tomoni- dan boshqarish mexanizmi ham qo’shiladi. Barqaror ijtimoiy tizim tarkib topa- Di, unda yirik mulkdorlar va yollanma mehnat b-n mashg’ul xodimlar qatorida o’rta mulkdorlar sinfi ham muhim o’rin egallaydi. K.ning hoz. shakllariga qisqa muddat- li (davriylikka va inflyasiyaga qarshi) va uzoq muddatli (Makroiqtisodiyot) dav- lat boshqarib turishi kiradi. Bu bevo – Sita (qonunlar va ma’muriy hujjatlar orqali) va bilvosita (soliqlar, davlat byudjeti xarajatlari, amortizasiya si- yosati orqali) boshqarish shakllarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, in- dikativ, tavsiya berish tusidagi tarmoq va mintaqaviy dasturlar (rejalar) ham K.ning hoz. shakliga kiradi. Ko’pgina mamlakatlarda asta-sekin qaror top- gan, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti hamda parlament demokrati- yasi 20-a.ning 2-yarmida aholi turmush da- rajasi va madaniyatining yuksalishini, ijtimoiy ziddiyatlarning yumshashini hamda ularni hal etishning huquqiy me- xanizmi ishlab chiqilishini ta’minladi. Xo’jalik hayoti baynalmilallashuv dara- jasining o’sishi, transnasional (davlat- lararo) korporasiyalarning kuchayishi b-n mintaqaviy va jahon iqtisodiy in- tegrasiyasi, iqtisodiyotni davlatlararo boshqarib turish rivojlanmoqda. Bu hol Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tash- kiloti, xalqaro valyuta fondi, xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Evropa Ittifoqi kabi maxsus tashki-lotlar paydo bo’lishida o’z ifodasini topdi.