KAPTARSIMONLAR

KAPTARSIMONLAR (Columbiformes) — qushlar sinfining bir turkumi. 311 turi mavjud. Er yuzi- ning hamma mintaqalarida (chekka shim. va Jan. sovuq hududlardan tashqari) tarqalgan. O’rmon, bog’, butazor, qoyalar, jarlik va binolar bo’g’otida yashaydi. Ta- nasining uz. 15 dan 85 sm gacha, og’irligi 30 g dan 3 kg gacha. Drontalarning og’irligi 22,5 kg ga etadi. K.ning patla- ri zich va kalin, boshi kichik, bo’yni va oyoklari qisqa, qanotlari uzun va o’tkir. Narilari modalariga nisbatan yirik va rangi chiroyliroq. Erda oziqlanganligi sababli yaxshi yuguradi. Barcha turlari- ning juftlari barqaror (monogam). Uya- sini daraxtlar, qoyalar, jarlardagi Kova- klarga, binolarga, erga quradi. Asosan, 2 ta, ayrim turlari 1 yoki 3 ta tuxum qo’yadi. Tuxum bosish davri — 14 kundan 30 kun- gacha. Bir yilda, odatda, 2 marta, ayrim turlari 4-5 martagacha tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan jo’jalari tez o’sadi, yirik turlarida 25 kunligida uchirma bo’ladi. K. bulduruqlar (2 avlod, 16 tur), drontlar (2 avlod, 3 turi Mavrikiya, Bur- bon va Radriges o.laridagi o’rmonlarda yashagan), kaptarlar (41 urug’, 292 tur) oi- lalariga bo’linadi. Ba’zan bulduruqlar alohida turkumga ajratiladi. O’zbekistonda 4 urug’ga mansub 12 turi uchraydi. Qorabovur, suvbulduruq, ko’k kaptar, govkaptar, klintux, qo’ng’ir kaptar, qumri kabi turlari qisman ov- lanadi. Go’shti mazali. O’zbekistonda tarqalgan turlarining barchasi o’simlik urug’lari b-n oziklanadi. Xonaki kaptar- larning 150 ga yaqin zoti mavjud. Barcha kaptar zotlari yovvoyi ko’k kaptardan ke- lib chiqqan. Oq bovur, qora kaptar kabi turlari O’zbekiston qizil kitobiga ki- ritilgan.