Karbon kislotalar

Karbon kislotalar – tar- kibida karboksil guruh saqlovchi orga- nik birikmalar. Karboksil guruh b-n bog’langan radikalga qarab K.k. alifatik (to’yingan, to’yinmagan), alisiklik, aro- matik va geterosiklik bo’lishi mumkin. Karboksil guruhning soniga qarab bir, ikki va ko’p asosli yoki molekulasiga — On, =so, N, kabi guruhlar kirishiga qarab oksi-, keto – va amino – K.k. deb ata- ladi. K.k. ko’pincha, an’anaviy (trivial) nom b-n ataladi: sirka, salisil, moy, kapron, valerian kabi kislotalar kuchsiz bo’lib, dissosialanish konstantasi 1,4- 10 5 atrofida. Lekin karboksil guruhi elektrofil radikal b-n bog’langan bo’lsa, uning kislotalik kuchi ortadi, mas, benzoy kislota (S6N5SO-on), Pro- piol kislota (NS=S-soon) va b. K.k. kimyoviy faol bo’lib, karbok- sil guruhining gidroksilini boshqa guruhlarga almashtirishi mumkin, mas, K.k. spirtlar ta’sirida, mineral kis- lotalar ishtirokida) murakkab efirlar, RS15, tionil xlorid, sulfuril xlorid ta’sirida esa xlorangidridlar, suv tor- tib oluvchi vositalar ishtirokida esa angidridlar (RCO2)2O hosil qiladi. K.k. amidlarini xlor angidridlarga ammiak, aminlar ta’sir ettirib olish mumkin. K.k. radikal qismi bo’yicha ham turli xil reaktsiyalarga kirisha oladi. K.k. tabiatda erkin va birikma holida keng tarqalgan. Ular yog’, efir moyi, ho’l mevalar tarkibiga kiradi. K.k. tabiiy birikmalardan (yuqori yog’kislo- talari, limon kislotasi va b.) yoki sin- tetik usulda, mas, spirtlar, aldegid- larni oksidlab olinadi. Achitish (moy kislotali, sut kislotali, sirka kislota- li achitish) yo’li b-n K.k. olish ham keng tarqalgan. K.k. va ularning hosilalari xalq xo’jaligida keng qo’llaniladi. Mac. paxta moyidan olinadigan distillangan yog’kislotalari asosida turli xil sovun- lar tayyorlanadi. Telomerizasiya usulida olingan yuqori tarmoqlangan yog’kislo – talar (Vik) asosida lok, emallar i.ch. yo’lga qo’yilgan.