Kardioskleroz
Kardioskleroz (Yun. cardia — yurak va skleroz — qotish, qattiqlashish) — yurak muskullarining turli saba- blar (yallig’lanish, qon kelishining tanqisligi, zaharlanish va b.) oqibatida biriktiruvchi to’qima b-n almashinishi (turli o’lchamdagi chandiq hosil bo’lishi). K. rivojiga turli infektsion kasal- liklar, revmatizm va b. xastaliklarda yurak muskullarining o’tkir va surunka- li yallig’lanishi, spirtli ichimliklarga ruju qilish, moddalar almashinuvining kuchli buzilishi (tireotoksikoz, qandli diabet va b.), o’tkir miokard infarkti, surunkali davomli stenokardiya xuruj- lari va b. sabab bo’ladi. Kelib chiqishiga ko’ra, infarktdan keyingi, miokardit- dan keyingi va b. xil K. farklanadi. K. egallagan maydoni, tarqoqlik darajasi, o’choqlarining ko’pligiga qarab yurak FA- oliyatiga turli darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik hollarda K. yurak o’lchamlarining patologik kattalashishi, yurak aritmiyalari, yurak etishmovchiligi kabi asoratlarga sabab bo’ladi. Bunda be- morlarda yurak faoliyati buzilishining turli alomatlari (yurakning tez, notekis yoki kam urishi, hansirash, oyoq shishishi, lab ko’karishi, behollik va b.) kuzati- ladi. Bunday hollarda bemorlar, albat- ta, shifokorga murojaat etishi lozim. K.ning oldini olish uchun avvalo uni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish yoki shu kasalliklarga uchraganda yaxshi davolanish kerak. Davosi: K.ning asoratlarini davolash, klinik alomatla- rini susaytirishdan iborat. Agar yurak etishmovchiligi darajasi juda yuqori bo’lib, bemor hayotiga jiddiy xavf solsa, uning umumiy ahvoliga qarab jarrohlik usulini qo’llash mumkin (anevrizmekto- miya, yurakni almashtirish va b.).