Karnataka
Karnataka — Hindistonning Jan. qismidagi shtat. Arabiston dengi- zi sohilida. 192 ming km2. Aholisi 52,7 mln. kishi (2001), asosan kannara xalqi. Ma’muriy markazi — Bangalor sh. K. Dekan yassitog’ligining Jan.-g’arbi, G’arbiy gat va Sharqiy gat tog’lari hamda Malabor sohilining shim. qismida joy- lashgan. Daryolari serostona, gidroener- giyaga boy. Yirik daryolari — Krishna (Tungabhadra irmog’i b-n) va Kaveri, ezda to’lib oqadi, sug’orishda keng foy- dalaniladi. G’arbida doim yash il tropic o’rmonlar, sharqida savannalar bor. Yil- lik yog’in 500— 3000 mm. K. — agrar shtat. Aholisining 65% q. x. b-n shug’ullanadi. Hududining yar- midan ko’prog’i ekinzor. Asosiy ekinla- ri: sholi, tariqning mahalliy turlari (jovar va ragi), makkajo’xori, bug’doy va dukkakli ekinlar. Shuningdek, pax- ta, er yong’oq, tamaki, shakarqamish qam ekiladi. Mevazorlar bor. Chorvachilik- da qoramol, qo’y, echki boqiladi. Den- gizdan baliqovlanadi. Qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. Temir rudasi, oltin (Hindistonda olinayotgan oltinning aso- siy qismi), marganes rudasi, boksit, xro- MIT va b. qazib chiqariladi. To’qimachilik sanoati etakchi o’rinda. K. Hindistonda ishlab chiqarilayotgan shoyining 80% ni beradi. Movut va ip gazlama ham to’qiladi. Metallurgiya (Bhadravatida qora metallurgiya, Belgaonda alyuminiy korxonasi), mashinasozlik (asosan, Ban- galorda — stanoksozlik, Elektrotexni- ka), shisha-keramika, chinni (Bangalor), yog’ochsozlik, ko’n-teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Sandal moyi, ki- myoviy o’g’itlar ishlab chiqariladi. Yirik sanoat markazlari: Bangalor va Maysur. Yirik porti — yangi Mangalor. 3— 11-a.larda K.da G’arbiy Gatlar sulolasi hukmronlik qilgan. 12-14- a.larda K. hududi Xoysalar davlati, keyinroq 16-a. oxirlariga qadar vija- yanagar davlati tarkibiga kirgan. 1399 y.da Vijayanagarga vassal bo’lgan Maysur o’lkasi tashkil topdi. 1761 y.da Maysur taxtini Xaydar Ali egalladi. Haydar Ali va uning o’g’li Tipu Sulton davrida (1782-99) K. Hindiston Jan.dagi eng kuchli davlat bo’lgan. Bu davrda K. ingliz bosqinchilariga qarshi kurash maydoni- ga aylandi. 1799 y.da hokimiyat ingliz- larga tobe bo’lgan Vodeyarlar sulolasi qo’liga o’tdi. Hindiston mustaqillikka erishgandan so’ng 1956 y.gi ma’muriy islohotga ko’ra, Maysur shtati tuzildi. 1973 y.dan ushbu shtatga K. deb nom be- rildi.