Katar

Katar (Yun. katarrheo — oqib tusha- man), kataral yallig’lanish — shilliq pardalarning qizarishi, bo’rtishi va shilimshiqaralash ko’p suyuqmodda (ekssu- dat) chiqishi b-n kechadigan yallig’lanish. Ekssudat tiniq (seroz), shilim-shiq, ba’- zan yiring aralash bo’ladi. K.ga, ko’pincha, infektsiya (yuqori na-fas yo’llari va bronxlar Katari) sa-bab bo’ladi. Me’da K. — gastrit, odatda, ovqatlanish ma- romining buzili-shi, ichkilik va tama- kiga ruju qilish, zaharlanish va b. na- tijasida ro’y beradi. K.ning o’tkir va surunkali xili farq qilinadi. O’tkir K.da yalliglanish oqibatida ajralayot- gan suyuklik asta-sekin kamayib, be- mor butunlay tuzalib ketadi. O’tkir K. vaqtidadavo-lanmasa, surunkali K.ga aylanada. Surunkali K. yillab davom etib, vaqt-vaqti b-n zo’riqib turadi, bora-bora shilliq parda yupqa tortib (atrofiya) yoki, aksincha, qalinlashib (gi- pertrofiya), a’zo funktsiyasi buziladi. Mac, me’daning surunkali Katari (Su- runkali gastrit)da me’da shirasi ajral- may qoladi; bronxlar shilliq pardasi surunkali K. oqibatida o’zgarib, nafas yo’llari va o’pkaning yallig’lanishi kabi kasalliklarning avj olishiga imkon tugiladi. Kasallikning oldini olishda sovqotishdan o’zni ehtiyot qilish, orga- nizmni chiniqtirish, za-rarli odatlar – dan cheklanish muhim. Davo qaysi a’zo kasallanganligiga qarab buyuriladi.