Katta Farg’ona kanali
Katta Farg’ona kanali, Usmon Yusupov nomidagi katta Farg’ona kanali — Farg’ona vodiysida qurilgan eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri. O’zbekiston (283 km), Tojikiston (62 km) va Qirg’iziston (13 km) hududidan o’tadi. Vodiyni shim.-sharqdan Jan.- g’arbga kesib o’tgan. Asosiy o’zani uz. 350 km. Vegetasiya davrida Norin (420 m3/s), Qoradaryo (100 m3/s), So’x (12 m3/s) Daryo- laridan 532 m3/s suv oladi. Kanal tras- sasi 2 traktdan iborat. Yuqori Norin trakti (44 km) Norin daryosi (Uchqo’rg’on sh. yaqini)dan boshlanib, Kuyganyorga- cha etib boradi. Quyi Qoradaryo trakti (301 km) Qoradaryoga qurilgan Kuyganyor to’g’onidan boshlanib Sirdaryo b-n deyar- li parallel holda Jan.da Tojikiston Respublikasi Xo’jand sh. Yaqinigacha (Qayroqqum suv omboridan quyiroqda) davom etgan. 1939 y. avg.da xalq hashari b-n juda qisqa muddatda (45 kunda) qurib, bitkazildi. 1940 y. da Tojikiston hududida yana uzaytirildi (suv o’tkazish imkoniyati 150 m3/s). Kanal qurilishida 160 ming kishi qatnashdi. 270 km li tras- sada 17,8 mln m3 tuproq qazib chiqarildi (shundan faqatgina 1,7 mln. m3 tuproq mexanizmlar yordamida qazilgan). Ishlar og’ir bo’lgan uchastkalarda 14 ekskavator, 245 traktor, 420 avtomashinadan foyda- lanildi, 42,2 ming m3 beton ishlari ba- jarildi. 45 yirik va 275 mayda gidro- texnika inshooti qurildi. Kanal 1953 — 62, 1964 va 1967 ylarda rekonstruk- tsiya qilindi. Uz. 345 km ga, suv sarfi 180 m3/s, eng jadal suv sarfi 211 m3/s ga etkaziladi. O’zbekiston va Qirg’iziston, Tojikistonda 500 ming ga sug’oriladigan erlarning suv ta’minoti yaxshilandi, yangi erlarni o’zlashtirish imkoniyati paydo bo’ldi. Kanalda 1000 dan ortiq gi- drotexnika inshooti (shulardan 50 tasi yirik), jumladan, 9 to’g’on, maksimal yalpi suv olishi 162 m3/s bo’lgan 258 suv chiqargich, 7 tashlama, 8 akveduk barpo etilgan. Kanaldan transport o’tishi uchun 101 ko’prik qurilgan. Sel, tashlama va sug’oriladigan maydonlardan chiqadigan drenaj suvlarini oqizib yuborish uchun kanalning chap tomonidan kollektorlar o’tkazilgan, o’ng tomondagi drenaj suv- lari esa kanal ostidan o’tgan 170 dyuker quvur orqali kollektorga ulangan. Kanal suvi O’zbekistonda 3 viloyat (Andijon viloyatida 66,6 ming ga, na- mangan viloyatida 12 ming ga Farg’ona VI- loyatida 125 ming ga), Qirg’izistonning O’sh viloyatida (0,76 ming ga) va Tojiki- stonning Sug’d viloyatida (10 ming ga) er- larni sugorishda foydalaniladi (kanal sxemasiga k,.). Kanalga 1966 y.da kanal qurilishi tashabbuskorlaridan biri bo’lgan davlat arbobi Usmon Yusupov nomi berilgan. Ad.: Usmanxodjaev V., Kuzmin M ., Bolshoy Ferganskiy kanal imeni usma- na Yusupova, T., 1972. Ziyomiddin Artukmetov.