Kaynozoy, kaynozoy eratemasi

Kaynozoy, kaynozoy eratemasi (erasi) (Yun. Kainos — yangi va zoe — hayot) — er po’sti qatlamlari stratigrafik shkalasining eng yosh erate- masi (guruhi), hoz. davrni ham o’z ichiga oladi (q. Geoxronologiya). K. nomi 1841 y.da ingliz geologi J. Fillips tomo- nidan kiritilgan. K. bundan 66 mln. yil muqaddam boshlangan deb taxmin qilinadi. Paleogen, neogen va to’rtlamchi (antropogen) sistema (davr)lariga bo’linadi. Qit’a va okeanlarning, umu- man, er sathining hoz. qiyofasi, o’simlik va hayvonot dunyosining shakllanishi, insonning paydo bo’lishi K. b-n bog’liq. Geologik tadqiqotlar K.da sut emizuv- chi hayvon turlarining ko’payganini, suv va quruqlikdagi jonivorlarning taraqqiy etishi uchun qulay sharoit bo’lganligini ko’rsatadi. K. boshlarida (paleogen davrida) mashhur Gondvana ma- terigi bir necha mayda bo’lakka bo’linib, Jan. Amerika, Afrika, Avstraliya ma- teriklari hosil bo’lgan. Bu davrda hoz. Osiyo qig’asining katta qismida dengiz bo’lgan. Neogen davri oxiri va turtlam- chi davrlarda tog’hosil bo’lish jarayoni keskin kuchayganligi natijasida dengiz suvi bu erlardan chekingan. K.da Alp burmalanishi bosqichiga bog’liq ravishda kuchli tektonik harakatlar sodir bo’lgan. Tinch okean chekka qismlari, Evropa Jan. va Osiyoda baland tog’zanjirlari yuzaga keldi, ya’ni Alp, Karpat, Qrim, Kavkaz, Pomir, Tyanshan, Himolay va b. tog’tizmalari qad ko’tardi. Bu bosqichda okeanlarning chuqurlashish va kengay- ish jarayonlari davom etdi. To’rtlamchi davrda tabiiy sharoit bir necha bor o’zgarib, juda katta maydonlarni muz- liklar qoplagan. Er yuzining rivoj- lanishi, qit’a va okeanlar shaklining o’zgarishi tog’va cho’kmalarning paydo bo’lishiga, iklimning o’zgarib turishiga sabab bo’lgan. Buning ta’sirida Paleo- gen davridagi tropik iqlimli zonalar chegarasi neogen davrida ancha qisqargan, to’rtlamchi davrda hoz. holatiga yaqin bo’lgan. Issiq tropik iqlimli joylar- ning qisqarishi shim.da muzliklarni yuzaga keltirgan. To’rtlamchi davrda bu erlarni 4 marta muz qoplaganligi va bu muzliklar katta maydonlarga tarqalib, Kavkaz, Tatra, Alp tog’larida muzli- klar paydo bo’lganligi aniqlangan. Iqlimning o’zgarishi cho’kindi tog’jin- slari qatlamlarining qalinligiga, hosil bo’lishiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Tog’larning nurashi, cho’l va dashtlarning paydo bo’lishi, vulkanlar harakatining kuchayishi tog jinslarida o’z aksini topgan. Bu jinslarda turli kon- lar, ayniqsa, neft, gaz, marganes, ko’mir, tuz konlari va b. bor. Er yuzida qazib olinadigan neft miqdorining yarmidan ko’pi K. (paleogen, neogen davrlari) b-n bog’liq. Farg’ona va Surxondaryo viloyat- laridagi neft va gaz konlarining katta qismi ham shu qatlamlardan topilgan. K. organik dunyosida yopiq urug’li o’simliklar va sut emizuvchi hayvonlar hukmron mavqeini egallagan. To’rtlamchi davrning boshlarida odam paydo bo’lgan deb taxmin qilinadi, bu K. uchun muhim qodisa bulgan. Dengizlarda 2 tavaqalilar, qorinoyoqli mollyuska- lar, kremniyli va ohakli mikroorga- nizmlar ham keng rivojlangan. Yana q. Neogen sistemasi (davri), paleogen sistemasi (davri) va turt- lamchi sistema (davr). Ad.: Fatxullaev F., Husanov S, Tarixiy geologiya va paleontologiya asoslari, T., 2002.