Kendir, qizilquray

Kendir, qizilquray (Trachomitum) — kendirdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik tolali o’simlik. Jan. Evropa va Osiyoda 6 turi o’sadi. Tolasi poyaning floemasida. Ildizpoyasi ko’p yillik, er usti poyalari bir yillik, silliq. Bar- glari, asosan, nashtarsimon, guli mayda, pushti. Uning tolali K. (T. Apocynum cannabinum) turi dorivor o’simlik, urug’ida 0,5% gacha yurak glikozidlari (tsimarin) bor, poyasi po’stlog’idan olin- gan toladan arqon ishlab chiqariladi. Ildizpoyasi va ildizini bo’lib, erta bahorda ekiladi. Tola olish uchun ve- Nesiya K.i istiqbolli hisoblanadi (po- yasi po’stlog’idan 10% gacha tola chiqadi). Tajriba ekinlarida quruq poya bo’yicha xrsildorlik 20-25 ts/ga. O’zbekistonda Toshkent sh. yaqinida 1930-y.larda yangi ekin tarzida yigiriladigan tola oli- nadigan K.ni o’rganish bo’yicha i.t. st-yasi tashkil etilgan (q. Lub tolali ekinlar tajriba stantsiyasi).