Kepak

Kepak — un tortish jarayonining chiqiti, un k-tlarida olinadigan yordam- chi mahsulot. Don turiga ko’ra, bug’doy, arpa, javdar, tariq, makkajo’xori va b., maydalanish darajasiga ko’ra, yirik va mayda K.larga bo’linadi. O’rtacha olgan- da bug’doydan yuqori sifatli un olishda donga nisbatan 28-30% K. chiqadi. K. (asosan, bug’doyniki) chorva mollari- ning hamma turi va parrandalar uchun qimmatli ozuqa. 100 kg K.da 70-80 ozuqa birligi (1 kg K.da 8,85 MJ almashinuvchi energiya — 0,75 ozuqa birligi) va 12,5—13,2 kg xazm bo’ladigan protein, 8,8 kg tozalanmagan klechatka bor. K. fosfor, marganes, kaliy, mikroelementlarga va V guruhi vitaminlariga boy, lekin na- triy, kaltsiy, xlor kam. Sigirlarga tuqqanidan sung 10 l issik, suvga 1 kg kepakni aralashtirib, iliq atala xrli- da ichiriladi. Sog’in sigirlarga boshqa kontsentratlar b-n aralashtirilgan holda sutkasiga 4-6 kg gacha K. berila- Di. Ishchi, sport va naslli otlar uchun kontsentrat ozuqaning 35-50% gacha, sog’in sigirlar rasionidagi kontsentrat ozuqaning 50-60% gacha, Bekon etishti- rish uchun boqilayotgan yosh cho’chqalar rasi- onidagi kontsentrat ozuqaning 20-25% gacha to’yimliligini K. tashkil etishi mumkin. Tuxum qiladigan tovuklar, kur- kalar, urdaklar va g’ozlar uchun tayyorla- nadigan omixta emlar tarkibiga mayda bug’doy va 10— 25% gacha K. qo’shiladi.