Keson-Siti

Keson-Siti — Filippindagi shahar, Luson orolida. Aholisi 2,16 million kishi (2000). Iqlimi mussonli tropik iqlim. Yillik o’rtacha yog’in 2167 mm. Shahar 1939 yildan qurila boshlagan. Filippinning birinchi prezidenti Manuel Keson nomiga qo’yilgan. 1948 yildan Filippin Respublikasining rasmiy poytaxti deb e’lon qilingan, hozirgi Katta Manila tarkibida. Keson-Siti —mamlakatning savdo-sanoat va ma’muriy-madaniy markazi. To’qimachilik, poyabzal, tikuvchilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Plastmassa, qog’oz ishlab chiqariladi. Davlat universiteti bor.