Kibr, kibr-havo, manmanlik, dimog’dorlik
Kibr, kibr-havo, manmanlik, dimog’dorlik — o’z shaxsiyati- ga, qobiliyatiga ortiqcha baho berish, o’zini boshqalardan yuqori qo’yish, kalondimog’lik oqibatida namoyon bo’ladigan salbiy axloqiy sifat. Bu sifat kishilarni mensimaslik, ularga past nazar b-n qarash, o’rinsiz g’ururga berilish, o’zining arzimas yutuqlarini bo’rttirib ko’rsatish va b.da ko’rinadi. K.li kishi o’z aybi, nuqsonlaridan ko’z yumadi, manmansiraydi. Manman kishi o’zgalarning nasihatini yoqtirmaydi, za- lolat botqog’iga botadi. K. — kishilar- ning kamchiligi, nuqsonidir. K. odam- lar o’rtasida birdamlik, ahillik va muhabbatni yo’q qiladi, adovat uyg’otadi. K. odobsizlik belgisi bo’lib, u doimo qoralangan. Qur’onda kibru havoli ki- shilarning joyi jahannam ekanligi (Zumar surasi, 60-oyat) ta’kidlangan. Hadisda ay-tilishicha, dimog’dor odam axli do’zaxdir.