Kichik juz

Kichik juz — uch yirik qabilaviy birlashma (boyuli, alimuli, jetiuru) dan iborat xonlik (16-a.). Boyuli bir- lashmasini Nurali Sulton (1748-86), Alimuli birlashmasini Abulxayrxon (18-a.ning 20-y.lari — 1748), Jeti- uruni Tavkaxon boshqargan. K.j. hududi Ural, Tobol daryolaridan Sirdaryoning quyi oqimlarigacha bo’lgan erlarni o’z ichiga olgan. Jan.da O’rta Osiyo davlatla- ri va qozoq, qoraqalpoq erlari, G’arbda Kaspiy dengizi, shim. da Astraxon, sa- ratov, Orenburg gubernyalari b-n chega- ralangan. Abulxayrxon o’ldirilgach, K.j. uning ugillari Nurali va Botir tomoni- dan boshqarildi. K.j. erida vaqti-vaqti b-n xonliklar, ba’zan turli urug’larni o’z ichiga olgan bir necha xonliklar tashkil topgan. 1785 y.dan boshlab yana uch xon- likka bo’lingan. Ularni Erali (1790— 94), Eshim (1795-97), Abulxayrxonning o’g’li Ayshuvoq Sulton (1798-1805) lar boshqargan. Undan keyingi xon Jonto’ra 1824 y. o’ldirilgach, K.j. tugatildi. K.j. hududlarida qoramollarni yil bo’yi em- xashak b-n ta’minlay oladigan qishlov va yaylovlar bo’lgan. Qishki yaylovlar Sirdaryo b-n Ural daryolari etagida, Irg’iz va To’rg’ay daryolarining quyilish joylarida, som va Barsuq cho’llarida, yozgi yaylovlar esa Ural daryosining irmo- klari bo’yicha Tobol qirlarida, Mug’ojar tog’larida joylashgan. K.j. ko’chmanchi qabilalari dushman hujumini birgalik- da qaytarar, harbiy yurishlarga ham bir- galikda chiqar edilar. 19-a. o’rtalarida K.j. aholisiningsoni 1 mln.gaetgan. «1844 i. Orenburg o’lkasi qirg’izlarini boshqaruv bo’yicha Nizom» ga binoan, K.j. erlari Rossiya imperiyasi hududlariga qo’shib olindi.