Kimyoviy texnologiya

Kimyoviy texnologiya – tabi iy xom ashyo, sanoat chiqindilari, shu- ningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yo’l b-n qayta ishlab, iste’mol mahsulotlari va i.ch. vositalariga ay- lantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. I.ch. usullari va jarayon- larining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va usku- nalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash K.t. ning vazifasidir. Har qanday K.t. jara- yonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilg’i, to’qimachilik, ko’n, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida K.t. usulla- ridan foydalaniladi. Bundan tashqari, i.ch. usullari va jarayonlarining umu- miy, muhim asoslari va qonuniyatlarini o’rganadigan umumiy K.t. ham mavjud. K.t. tayyor mahsulot olish maqsadida xom ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini ma’lum i.ch. vositalari yordamida o’zgartirish usul- lari va jarayonlarini o’rganadi. K.t. anorganiq moddalar texnologiyasi (kis- lota, ishqor, soda, tuz, mineral o’g’itlar va b. sanoati) va organiq moddalar tex- nologiyasi (sintetik kauchuk, plastmas- sa, kimyoviy tolalar, bo’yagich moddalar, spirt, organiq kislotalar va b. sanoati) ga bo’linadi.