Kino musiqasi

Kino musiqasi – kino san’a- ti b-n bog’liq musiqa janri, kino asa- rining muhim ifodaviy vositalari- dan biri. Dastlab umumiy musiqali jo’rlikni tashkil etib, kinofilm na- moyish qilish asboblarining shovqinini bosish uchun mo’ljallangan. Bora-bora kino ishlashning muhim sohasiga aylan- Di. K.m. tarixi «ovozsiz kino» (1930- y.larning 2-yarmigacha) hamda «ovozli kino» b-n bog’liq 2 asosiy bosqichni o’z ichiga oladi. Birinchisida K.m., asosan, ijrochilar (yakka sozanda-pianinochi yoki ansambl) tomonidan tanlangan yoki badiha tarzida ijod qilingan musiqa parchalaridan iborat bo’lgan. «Ovozli kino»da, odatda, har bir film uchun maxsus musiqa yoziladi, ba’zan mavjud musiqa asarlaridan ham foydalaniladi (mas, hujjatli, ilmiy-ommabop, film- kontsert va b. filmlarda). K.m. kino- film mazmuni b-n uzviy bog’liq holda, qahramonlarning ruhiy kechinmalarini, dramatik holatlar, ziddiyatlar va b.ni badiiy ifodalashga yordam beradi. Chet el kompozitorlaridan M.Nayman (An- gliya), N. Rota, E. Morrikone (Italiya), F. Ley, M. Legran, V. Kosma (Frantsiya), A. Bisvas, Sh. Choudxuri (Hindiston), G. Kancheli (Gruziya), E. Doga (Moldaviya), I. Dunaevskiy, D. Shostakovich, S. Pro- kofev, V. Artemev (Rossiya), F. Baxor (Tojikiston), N. Muxatov (Turkmani- ston), M. Skorik (Ukraina) va b. ijodi- da kinomusiqaning yorkin namunalari vujudga keddi. O’zbekistonda kino uchun maxsus musiqa yozish 1920 – y.lardan boshlangan. Dastlabki o’zbek filmlariga musiqa yozishda V. Uspenskiy («Ravot katshkir- lari», 1927) va A. Kozlovskiy («Tohir va Zuhra», 1945)lar o’zbek xalq kuy va qo’shiqlaridan hamda o’zbek bastakorlari ijodidan unlab iqtiboslarga tayanish- gan. Keyingi ko’pgina o’zbek filmla- rida musiqadan dramatizmni kuchayti- rish vositasi sifatida foydalanildi: «Abu Ali ibn Sino» (kompozitor M. Burhonov, 1957), «Furqat» (S. Yudakov, 1959), «Hamza», «Sen etim emassan» ( I. Akbarov, 1961, 1963) va b. Qo’shiq muhim rol o’ynagan dastlabki o’zbek Kinoko- mediyalari 50-y.larning oxiri, 60-y. larning boshlarida yuzaga kelgan: «maf- tuningman» (ik. Akbarov, M. Burhonov, M. Leviev, 1958), «mahallada duv-duv gap» (M. Leviev, 1960) va b. 1960-70- y.larda o’zbek filmlari uchun musiqa yaratuvchilar doirasi sezilarli daraja- da kengaydi: S. Jalil («zulmatni tark etib», 1973), A. Malaxov («Toshkent — non shahri», 1967), F. Yanov-Yanov- skiy («qo’g’irchoqboz», 1970; «mayin yomg’ir yog’adi» multfilmi, 1984 va b.). Ayniqsa, R. Vildanov ijodi e’tiborga molik, 100 dan ortiq filmga musiqa yozdi: «inson qushlar ortidan bora- Di», 1975 (Dehli kinofestivalida eng yaxshi musiqa uchun sovrinini olgan); «Triptix» (San-Remo kinofestivalida Gran-pri sovrinini olgan); «Armon», 1987 va b. 1980-90 – y.larda V. Milov («Alibobo va qirq qaroqchi», 1980 va b.), M. Mahmudov [«Kelinlar qo’zg’oloni», 1985; «Abdullajon», 1994; «Chimildiq», 1998; Buxoro kinofestivali (1999)da eng yaxshi musiqa uchun sovrin olgan va b.], E. Solihov («Alpomish», 1999 va b.), A. Ergashev («Sharif va Ma’rif», 1992; «Yulduzimni ber, osmon», 1995 va b.) va b. ijodi e’tiborga molikdir. 1990-y. larga kelib yosh kompozitorlar ham K.m. sohasida ijod qila boshladi va zamona- viy vositalar asosida K.m.ning yangi US- lublarini yaratishga muvaffaq bo’ldilar: E. Pak («Sindbadning sarguzashtlari» multfilmi, 1993 va b.), D. Yanovskiy [«Ulug’Amir Temur», 1996; «Voiz», 1998, Anapa kinofestivali (1999)da Gran- pri sovrinini olgan; «Fellini», 1999, Kalkutta kinofestivali (2000)da eng yaxshi film sifatida belgilangan va b.], N. G’iyosov («Bahodir Jalolov», 1991), A. Kim («Shaytanat», 1999-2000) va b. Yana q. Musiqali film. Ad.: Yanov-Yanovskaya N., Muzika o’zbekskogo kino, T., 1967. Natalya Yanov-Yanovskaya.