Kinodramaturgiya

Kinodramaturgiya (kino… va dramaturgiya) — adabiyotning ekranda ko’rsatish uchun mo’ljallangan alohida turi. K. asari — kinossenariy fil- mning adabiy va g’oyaviy-badiiy asosini tashkil etadi. Kinodramaturglar badiiy proza va dramadan foydalanilgan holda hayot voqealarini tasvirlashda kino imkoniyatlarini hisobga olib, asarni ekranga moslashtirib yozadilar. K., o’z xususiyatiga ko’ra, adabiy hamda kinema- tografik shaklga ega: mustaqil badiiy qiymatga ega, kinematografik asar sifa- tida yaratilajak filmning mazmunini va qurilishini ifoda etadi. K.ning shak- llanish davri murakkab jarayon bo’lib, u asar yozitshdan boshlanib, montaj stolida tugaydi. Ovozli kino yuzaga kelgach, in- son xarakterini ochib berishdagi aso- siy vositalardan — dialog muhim rol o’ynadi. Kino san’ati imkoniyatlarining kengayishi K.dan hayotni yanada chuqurroq o’rganishni, uni yanada murakkab va rang- barang tasvirlashni taqozo etadi. Kino taraqqiyotining boshlang’ich bosqichida K. janrlari (sarguzasht, komediya, melodra- ma va b.) ma’lum darajada chegaralangan bo’lib, zamonaviy mavzu kam yoritilgan. Hozir esa K. asarlari xohlagan janrda yozilib, ko’plab filmlar yaratilmokda. O’zbek K.si proza ko’lamini, drama o’tkirligini, poeziya jozibasini, tasvi- riy san’at yorqinligini, musiqa ravon- ligini o’zida mujassamlashtirdi. Hoz. kunda tarix, tarixiy shaxslar hayoti, milliy qadriyatlar aks etgan yoki yosh AV- lodda Vataniga, xalqiga, ota-onasiga mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otadigan K. dolzarb mavzu bo’lib, shu asosda fil- mlar ishlanmoqsa («Buyuk Amir Temur», «Parimoma» va b.). S. Abdulla, I. Sul- ton, A. Krdiriy, M. Shayxzoda, Oybek, S. Ahmad, U.Nazarov, F. Musajonov, O. Agishev kabi yozuvchilarning asarlari o’zbek kinosining rivojida salmoqli o’rin tutadi.