Kishm
Kishm — Toxaristonning qad. sha- xarlaridan biri. Badaxshontgi Ko’kcha daryosining irmog’i Mashhad Daryo bo’yida joylashgan. K. tarixiy manbalarda ilk o’rta asrdan boshlab (6-7-a.lar) uch- raydi. 8-a.da bu erda Toxaristonning turkiylardan bo’lgan bosh hukmdori — jabg’usi Qutluq tardu (boshqa manbalar- ga ko’ra, Xumorbek) yashagan; u, shuningdek, «eftalitlar shoqi» unvoniga ham ega bo’lgan. Somoniylar davrida (9-10-a. lar) K. da bir yo’la 3 zarbxona bo’lib, u Temuriylar davrida xam mavjud bo’lgan. B. Ahmedovnish fikricha, K. mo’g’ullar tomonidan bosib olinmagan, shahar 14-a.ning 1-yarmigacha mustaqilligini saqlab qolgan. U katta bir viloyat- ning markazi bo’lgan. Marko Yaoyaoning ma’lumotiga ko’ra, 14-a.da K.ning o’z hokimi bo’lib, o’nga tog’dagi bir qancha shahar va qishloqlar bo’yso’ngan. Shahar o’rtasidan katta Daryo oqib o’tgan. K. atro- fidagi aholi tog’larda chorvachilik b-n shug’ullangan. 14-a. oxirida Amir Temur Badaxshonni egallaganda K. uning poy- taxti bo’lib, Badaxshon shohi shu erda yashagan. Temuriylar davrida K. rasman Samarqand, so’ng Hirotga qaram bo’lsada, amalda uni mahalliy sulola vakillari — Ba-daxshon shoxlari — Shoh Bahouddin, Shoh Mahmud va ularning avlodla- ri boshqargan. 1469 — 1505 y.da K.ni Xusravshoh idora etgan, so’ngra uni shay- boniylar qisqa muddatga eg’allashgan. K. Boburnknt ukasi Nosir Mirzo qo’liga o’tgan; temuriylarning Badaxshondagi hukmronligi 1584 y.gacha, ya’ni uni AB- dullaxon II eg’allaguncha davom etgan. 16-17-a.larda — K. Badaxshon poytaxti. Ashtarxoniylaraan Nodir Muhammadxon davrida K. Abdulaziz Sulton, so’ngra Xus- rav Sulton mulki bo’lgan. Hoz. K. shahri Toliqon va Qunduzdan Sharqda joylash- gan alohida viloyatning ma’muriy Mar- kazi hisoblanadi. Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — na- chala XIII vv., T., 1996.