Klounada

Klounada (ing. clown, lot. Colonus — qo’pol odam) — tsirk janri, ekstsen- trika, buffonada, grotesk, taqlid vo- sitalari asosida komik obraz yaratish san’ati. Uning eng yaxshi namunalari ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib, hayotning salbiy tomonlarini fosh etadi. K.lik san’atiga harakatning so’zga nisbatan ustunligi, voqeani bo’rttirib ko’rsatish, tsirkning badiiy ifoda vositalari- dan keng foydalanish kabi xususiyatlar xosdir. K. shartli ravishda uchta asosiy yo’nalish (pantomima, so’z va musiqali K.)ga bo’linadi. Tsirkning alohida janri sifatida K. 19-a.ning 1-choragida shakllangan. Bi- rinchi mashhur kloun J. B. Oriol bo’lgan (Olimpiya teatr-tsirki, 1834 i.). Evropa va rus tsirkida hajviy, kulgili, hazil- mutoyibali ko’rinish va sahnalarni ba- jaruvchilar Beliy kloun va rijiy kloun deb yuritilgan. O’zbekistonga K. san’ati 19-a.ning oxirlarida kirib keldi. Gastrolga kel- gan tsirk jamoalarida tomoshalar kloun- lar tomonidan turli qiziqchilik, fars, pantomimalar b-n bezab ko’rsatilgan va ular mahalliy tomoshabinlarda kat- ta qiziqish uyg’otgan. An’anaviy o’zbek teatri aktyorlari — masxaraboz va qiziqchilar tsirk klounlari b-n ijodiy aloqa o’rnatganligi natijasida ular- ning repertuari zamonaviy K.lar b-n boyidi va ular tsirk maydoniga qadam qo’ydilar. Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usmon qori Raimbekov, Orifjon tosh- matov, Zokirjon Ovulov, Ibrohim qiziq Teshaboev va b. Ular rus klounlaridan ko’chirma qilmay, balki ijodiy yondash- ganlar. Natijada o’nlab yaxshi tanilgan tsirk K.lari asosida milliy K. namuna- lari («asalari», «durbin», «shayton», «Sartarosh», «aka-uka», «boks» va b.) yaratilgan. O’zbek K.si asta-sekin dorboz- lar san’atiga xam singib bordi. 20-a.da o’zbek K.sining rivojla- nishiga K. Zarifov, M. Zarifova, A. Yusupov, O. Toshkanboev, E. Parpiev, N. Nurmatov, G. Zastavnikov, X. Musin, F. Sharifboev, N. Hakimovlar katta hissa qo’shishgan. Ular masxaraboz va qiziqchilik an’analarini zamonaviy tsirk b-n uzviy bog’lab, o’zbek K.sining eng yaxshi namunalarini yaratishdi va ularni jahon tsirki maydoniga olib chiqishdi. Hozirgi kunda K. janrida J. Toshkanboev, U. Zarifov, F. Qoraboev va b. samarali ijod qilmokdalar. Milliy K.lar xalq an’anaviy tsirk guruhlari da- sturidan ham o’rin olgan. Tsirk masxara- bozlarining sahnaviy chiqish matni ham K. deb yuritiladi. Po’lat Toshkanboev.