Koagulyasiya

Koagulyasiya (lot. coagulum — quyqa, coagulatio — ivish, quyuqlanish) — dispers, ayniqsa, kolloid sistema- larda zarrachalarning o’zaro birlashib yiriklashgan agregatlar hosil qilishi. K. oxirigacha borsa, loyqa hosil bo’lib, agregatlar cho’kadi yoki yuqori qatlam hosil qiladi. Kolloid sistema tinikla- shadi. Ayrim holda K. natijasida g’ovak fazaviy butun sistema bo’yicha tarqalgan koagulyasion (gel) struktura hosil qiladi. K. natijasida sistemaning ran- gi o’zgaradi yoki u loyqalanadi. K.ga ad- sorbtsion kuchlar (minimumga intilish) sabab bo’ladi. Elektrostatik kuchlar (bir xil zaryadlangan zarrachalarning bir- biridan itarilishi) esa unga qarshilik qiladi. K. dispers sistemaning termodi- Namik beqarorligini namoyish etishi- dir. K. 2 bosqichda sodir bo’ladi: 1) agre- gativ barqarorlikning yo’qolishi va zar- rachalarning birlashishi (ya sh i r i n K.); 2) hosil bo’lgan zarrachalar agregatlari- ning cho’kishi (yoki qalqib yuzaga chiqishi) — o ch i q K. Agar K. o’z-o’zidan sodir bo’lsa, avtokoagulyasiya deyiladi. Odatda, K. fizik yoki kimyoviy ta’sir natijasida ro’y beradi: elektrolitlar va noelektro- litlar elektr maydoni, harorat, yorug’lik, yuqori chastotali elektromagnit tebra- nishlari, keskin siljitish yoki aralash- tirish, dispers muhitning o’zgarishi va b. K.ga sabab bo’lishi mumkin. Elektro- litlar ta’sirida K. sodir bo’lishi bo- rasida bir nechta qoidalar mavjud; 1) elektrolitning K.ga sabab bo’ladigan minimal kontsentrasiyasi — K. chegarasi. U loyqalanishning cho’kma hosil bo’lishi yoki rang o’zgarishining boshlanishi b-n aniqlanadi; 2) kolloid zarracha zaryadiga qarama-qarshi zaryad saqlovchi elektrolit ioni K.ga sabab bo’lishi mumkin; zaryadi qancha yuqori bo’lsa, uning koagulyasion qobiliyati shuncha ko’p bo’ladi (Shultse — Gardi qonuni); 3) organik ionlarda ularning adsorbtsiyalanish qobiliyati ortishi b-n K. hodisasi kuchayadi. K. hodisasi tabiatda va turmushda keng tarqalgan. Tuproq zarrachalarining katta-kichikligi, oqar suvlarning tiniq yoki loyqa bo’lishi ham K.ga bog’liq. K. oziq-ovqat, dorishunoslik, kimyo, lok – bo’yoq sanoatida keng qo’llaniladi. K. ta- biatda ham keng tarqalgan, mas, qonning ivishi, oqsillar K.si va b.