Ko’chma ma’no

Ko’chma ma’no — so’zning o’z asosiy ma’nosi b-n metonimik (q. Me- tonimiya), metaforik (k,. Metafora) aloqadorlik, vazifaviy umumiylik yoki qandaydir assosiativ (o’zaro o’xshash) belgilar b-n bog’liq ikkilamchi, Hosila ma’nosi. Demak, so’zning to’g’ri ma’no- laridan boshqalari uning K.m.laridir. Ongimizda qandaydir xususiyatlari, belgilari b-n bir-biriga yaqin bo’lgan ikki predmet yoki hodisani chog’ishtirish, o’xshatish K.m.ga asos qilib olinadi, ya’ni biror predmet yoki voqea-hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish uchun unga boshqa biror predmet yoki voqeaning belgisi ko’chiriladi, o’xshatiladi. Mas: kishining bolaligini «g’uncha», yomon baho olishni «yiqilmoq» so’zi b-n ifo- dalash, «Oybek asarlarini o’qidim» dey- ish o’rniga «Oybekni o’qidim» deyish, «samovar» so’zini choyxona ma’nosida ishlatish K.m.ga misol bo’la oladi. K.m. adabiy asarning badiiy qimmatini, ifo- daviyligi va ta’sirchanligini oshiradi. Lekin lug’at tarkibidagi barcha so’zlar ham K.m.da qo’llanavermaydi. Mas, aksa- riyat kasb-hunar atamalari, ilmiy ter- minlar K.m.da deyarli ishlatilmaydi.