«KOINOT» ILMIY ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI
«KOINOT» ILMIY ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI (IICHB) koinot sirlarini o’rganish, uning imkoniyatlaridan foydalanish yo’l-yo’riqlarini aniqlash uchun zarur as- bob-uskunalar yaratish, ayrim Telekom- munikasiya masalalarini hal qilish, mashq trenajyorlari va xalq ho’jaligi ehtiyojlari uchun uskunalar yaratish b-n shug’ullanadigan muassasa. Toshkent umu- miy mashinasozlik byurosi (1969), tosh- kent mashinasozlik konstruktorlik byu- rosi (1980) negizida O’zbekiston davlat koinotni tadqiq etish agentligi qoshida 1992 y. tashkil qilingan. Yo’nalishlari: 1) Quyosh sistema- sidagi jismlar (sayyoralar, ularning yo’ldoshlari, kometa va asteroidlar) ni o’rganish; 2) vaznsizlik holatida mod- dalarni turli fazalarda yaratish va ulardan kristall, qotishma va amorf holatdagi moddalar olish; 3) koinotda ishlatiladigan uskunalar yaratish. Quyosh sistemasidagi jismlarni o’rganish uchun «K.»IICHB da LB-09 parmalash uskuna- si ishlab chiqildi. Bu uskuna «Luna- 24» kosmik apparati tarkibida oyga chiqarilib, oy sirtini 2 m chuqurlikkacha parmalash, undagi jins namunasini kosmik apparatga joylash ishlarini bajardi (q. «Luna»). Bundan tashqari, VB-01 parmalash uskunasi «Venera-13», «V.-14», «V.-15», «V.-16» apparatlari tarkibida Venera sayyorasiga chiqarilib, uning sirtini parmalash, tuproq namu- nalarini analiz qilish va natijalari- ni erga uzatish ishlarini bajardi (q. «Venera»). Shunga o’xshash Mars va uning yo’ldoshi Fobos dasturi bo’yicha MB-02, FB-01, -02 uskunalari ishlab chiqilib, sinovdan o’tkazildi. Dunyoda birinchi marta vaznsizlik holatida turli moddalardan kristallar o’stirish, shisha va b. qotishmalar sintez qilish imkoniyatiga ega bo’lgan apparat- lar («Splav-01», «Splav-02», «Biryuza», «Analiz» va «Gavxar») yaratildi. «K.» IICHB da diametri 30 m gacha bo’lgan koinotda ochiladigan parabolik anten- nalar, radioteleskoplar (KRT-30) yoki radioastronlar (spektr-01); o’zayadigan shtangalar (PB-01; -02; -03; -04;) qurilib sinovdan o’tkazildi. PB-01, PB-02 asbo- blaridan er magnetizmini o’lchashda foy- dalanilmokda. Shavkat Vohidov.