«Ko’k ko’ylak»

«Ko’k ko’ylak» — tashviqot Jan- ridagi estrada-teatr tomoshasi. «Jonli gazeta» asosida tashkil bo’lib, 1920— 30 y.lar keng tarqalgan. Qatnashchilar sahnaga ko’k ko’ylak kiyib chiqqanliklari uchun «K.k.»deb nom olgan. «K.k.»chilarga sahna, dekorasiya, grim va alohida libos- ning hojati yo’qligi uchun tomoshalar klublar, z-D va f-ka, o’quv yurtlarida, shahar maydonlari va dala shiyponla- rida ko’rsatilgan. Dasturlari dolzarb mavzularga bag’ishlangan adabiy-badiiy montajlar, badiiy o’qish, intermediya, xor, raqslardan iborat bo’lgan. O’zbekistonda «K.k.»jamoalari, aso- san, klublar va o’quv yurtlari qoshida tuzilgan. 1925 y. O’rta Osiyo un-ti, Toshkent to’qimachilik kombivati va b. joylarda «K.k.»jamoalari faoli- yat ko’rsatgan. O’zbek «K.k.»to’garaqlari tashkilotchilaridan biri Ali Ardobus bo’lib, u Narimonov nomidagi Toshkent ped. bilim yurti qoshida, keyinchalik esa Samarqandda 75 kishilik «K. k.»jamoa- sini tashkil etdi. 20-y.larning 2-yarmi- dan Qo’qon, Namangan, Andijon, Jizzax, Qarshi va b. vdaharlarda ham «K.k.»ja- moalari tashkil bo’ldi. Ishtirokchilari o’qituvchi va o’quvchilardan tashkil top- gan bo’lib, ular Hamza, G’ulom Zafariy, So’fizoda va b.ning asarlarini ijro etishgan. 30-y.lar oxiriga kelib, Pro- fessional teatrlar ko’paya boshlagach, «K. k.»jamoalari tarqalib ketgan. Mamajon Rahmonov.