Ko’kaldosh madrasasi

Ko’kaldosh madrasasi – tosh- kentdagi me’moriy yodgorlik. Shahar markazining Chorsu maydonida joy- lashgan. Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan (1551-75). Madrasa (umumiy o’lchami 62,7 x 44,9 m) bosh tarzi Jan.ga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid, o’ngda darsxona joylashgan. Masjid va darsxonalarning tomi o’zaro kesishgan ravoqlar ustiga o’rnatilgan gumbazlar- dan iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chor- si hovlisi (38 x 26,9 m) keng, hujralar va ochiq ayvonlar b-n o’ralgan. Hovlining atrofidagi hujralar 38 ta bo’lib, dars- xona va masjid b-n o’zaro bog’langan. Madrasa dastlab 3 qavatli bo’lgan. Me’- morlar madrasani bezashda, asosan, bi- noning old tomoniga e’tibor berishgan. Peshtoqi b-n birga bal. 19,73 m bo’lib, sirkor parchin va girih naqshlar b-n bez- atilgan. Bosh tarzining 2 burchagidagi guldastalar tepasi qafasa b-n yakunlan- gan. K. m. 18-a. boshlarida qarovsiz holga kelib qolgan va karvonsaroy ombori sifatida foydalanilgan. 1886 va 1946 y.lardagi zilzilalar oqibatida vayron bo’lgan. Bir necha bor ta’mirlanishi na- tijasida madrasaning tashqi ko’rinishi o’zgarib ketgan. K. m. hujralaridan biri- da Furqat (1889-91) va Hamza (1910— 11) istiqomat qilgan, shoir xislat va b. tahsil olgan. Madrasaning old tomo- niga an’anaviy usulda zinapoya ishlan- gan. 1998 y.dan binoning muhandislik ustuvorligini ta’minlash, tashqi va ichki tarzlarini asl holiga keltirish va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmokda. K.m. O’zbekiston musulmon- lari diniy idorasi tasarrufida (1991 y. dan). Binoda shu idoraga qarashli o’rta maxsus Islom bilim yurti joylashgan.