Ko’kcha
Ko’kcha — o’tmishda Toshkentdagi daha va darvoza nomi. Shaharning g’arbiy qismida joylashgan. Daha hududini chuqur jarliklar kesib o’tgan. Aholisi, asosan, ko’nchilik b-n shug’ullangan. Mac, 1871 y.da dahadagi 695 ustaxonadan 341 tasi ko’n-teri, 218 tasi kosibchilik usta- xonasi bo’lgan. K.da 7 xumdon, 22 tegir- mon, 22 objuvoz, 2 madrasa, 34 maktab, 5 ta masjid, 18 ta Qadamjoy-mozor bo’lib, shundan eng mashhuri Shayx Zayniddin- bobo qabristoni hisoblangan. Daxdtsa 3 ta darvoza (Ko’kcha, Sag’bon, Chig’atoy) bor edi. K. atamasi dastlab 14-a. oxi- ridagi Toshkent darvozalari ro’yxatida keltirilganligi tarixchi Muhammad Solih Toshkandiyning «tarixi jadi- Dai Toshkand» asarida qayd etilgan. «K.»nomi ba’zi tadqiqrtchilar fikri- cha, «kohcha» — Qal’acha nomidan, boshqa bir tadqiqotchilar fikricha esa «ko’hcha» — tog’cha, tepalik, balandlik nomidan olingan. Binkat hududi 11 —12-a.larda G’arb tomonga kengayishi natijasida hoz. Chorsudagi, Ko’kaldosh madrasasi, Xoja Ahror jome masjidi o’rnashgan er va ular ortidagi tepalik («ko’hcha») g’arbi va shim.dagi hududlar o’zlashtirilib yangi turar joy mavzelari, bo’lg’usi K. dahasi vujudga kelgan. Buni 18-19-a. larda bu erga kelgan rus sayyohlari ham qayd etishgan. Mas, Xorunjiy Potanin 1829-30 y.larda Toshkentda bo’lganida «Shahar markazida xiyla baland do’nglik (ko’hcha) joylashgan bo’lib, shahar aholisi u erda tez-tez sayillar, bay- ramlar o’tkazish uchun to’planadilar. Bu erdan shahar hududi xuddi kaftdek ko’zga tashlanib turadi», deb yozgan. «K.»atama- si O’rta Osiyoning bir qancha joylarida uchraydi. Mac, Ya. G’ulomov «Xorazm tari- XI» asarida Ko’kcha-3 qabristoni K. te- paligi yaqinida joylashganini yozadi. K. darvozasi shaharni shim.dagi ko’chmanchi xalqlar, elatlar b-n iqtisodiy, savdo aloqalarini rivojlantirishda, ular- ning hujumidan mudofaa etishda katta rol o’yvagan. Muhammad Solih Toshkan- diyning fikricha, K. darvozasi Shayx za- yniddinbobo qabristonidan 1800 qadam masofada joylashgan. Bu hoz. Yangishahar mahallasi boshidagi guzarga to’g’ri kela- Di. Ad:. Malliskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Sokolov Yu. A., Tashkent, tashkentsi i Rossiya, T., 1965; mas v N., Aziatskiy Tashkent, Spb, 1876; O’rinboev A., Bo’riev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida (XIX asr), T., 1983; M uha m m a D jo n o v A., Qadimgi Toshkent, T., 1988; Lunin B. V., Istoriya O’zbekistova v istochnikax. O’zbekiston v soobtsheniyax puteshestvennikov i uchyonix (20-80-e godi XIX v.), T., 1990. Mashhura Sharipova.