KO’KPATOS OLTIN KONI
KO’KPATOS OLTIN KONI – O’zbe kistonning g’arbida Bo’kantov tog’larining Jan. yon bag’rida joy- lashgan kon. Paleozoyning ba’zi joy- larda mezo-kaynozoy davriga mansub bo’lgan hosilalar b-n yopilgan cho’kindi, terrigen-cho’kindi va vulkanogen meta- morflashgan jinslar majmuidan tash- kil topgan. Yirik antiklinal burmasi yadrosida arxar va Ko’kpatos svitalariga mansub bo’lgan ohaktoshlar joylashgan. Ko’kpatos svitasi jinslari arxar svita- si ustida mos joylashib, turli slanes- lar b-n almashinib turadigan tiniq, to’q kulrang va qora yupqa va o’rtacha qatlamli kremniy va kvarsitlarning linzalan- gan gorizontalidan iborat. Svitaning qalinligi 500 m dan ziyod bo’lib, ruda shu svitada mujassamlangan. Undagi asosiy minerallar — kontsentra-torlar va tarkibida oltin bo’lgan arsenopirit va piritdir; oltinning bu rudalardagi miqdori taxminan teng. K.o.k. ilk bor oltin koni si- fatida yu.V.Finkelshteyn va H.R.Rahmatullaevlar tomonidan aniqlangan. Kondagi endogen rudalar qiyin boyitiladi, oksidlanish zonasida esa oltin, asosan, sof holatda uchraydi va shu bois osonlik b-n qazib olinadi. K.o.k. dan foydalanish 1990-92 y.larda boshlandi.