Kolesov voqeasi

Kolesov voqeasi, Buxoroda 1918 yil mart oyi voqealari — Buxoro amirligini tugatish maqsadida qizil ar- miya tomonidan qilingan qurolli hujum (1918 y. mart). 1917 y. noyab.da bolshe- viklarning zo’ravonlik b-n hokimiyatni eg’allashi oqibatida sovet Rossiyasi b-n Buxoro amirligi o’rtasidagi munosa- batlar ham keskin yomonlashdi. Buxoro amirligida siyosiy vaziyat keskinlash- Di. 1917 y. 2 dek.da yangi Buxoro (Kogon) da bo’lib o’tgan amirlik xududidagi rus manzilgohlari Kengashlarining 2-s’ez- dida Amir tuzumini ag’darib tashlab, hoki-miyatni yosh buxoroliklarga be- rishga qaror qilindi. Yosh buxorolik jadidlarning bir qismi, Buxoroda de- Mok-ratik tartibotlarni o’rnatish uchun inqilobiy kurash yo’lini tanladi. Ular amirlikni ag’darish uchun Turkistondagi sovet hukumatidan yordam so’rashga maj- bur bo’lishdi. Biroq Turkiston Muxto- riyati hukumatini tugatish yo’llarini izlayotgan Turkiston XKS raisi F.I. Ko- Lesov (1891 — 1940) Buxoro amirligiga hujum qilishga dastlab shoshilmadi. Turkiston Muxtoriyati xukumati qizil askarlar tomonidan tor-mor qilinib, Qo’qon sh. qonga botirilgach (1918 y. Fev), Kolesov butun diqqatini amirlikni tu- gatishga qaratdi. 1918 y. 1 martdayangi Buxoroga Kolesov boshchiligidagi 3500 kishilik kizil askarlar otryadi zam- Barak va pulemyotlar b-n qurollangan holatda etib keldi. Yosh buxoroliklar- ning 7 kishidan iborat inqilobiy qo’mitasi (rais — F. Xo’jaev, a’zola- ri — Fitrat, ota Xo’jaev, Abdulvohid Burhonov, Isqoq Ag’darov, Qori Yo’ldosh Po’latov, Fazliddin Maxsum) tuzildi. Ular b-n Kolesov o’zaro maslahatlashib, Amir Sayd Olimxon nomiga talabnoma matni tayyorlandi. Kolesov va F. Xo’jaev imzolari b-n Olimxonga jo’natilgan ta- labnomada Buxoroda so’z, matbuot va b. de- mokratik erkinliklar joriy qilinishi, Amir huzuridagi hukumat tarqatib yuborilib, uning o’rniga yosh buxoroli- klar Ijroiya qo’mitasidan iborat yangi hukumat tuzilishi, amirlikdagi qo’shin qurolsizlantirilishi ta’kidlangan edi. Amir Olimxon 24 soat ichida ushbu tala- blarga rozi ekanligini ma’lum qilsa, u o’z o’rnida qoladigan bo’ldi. Olimxon, mabodo, rad javobini beradigan bo’lsa, qurol kuchi b-n amirlik tugatilishi po’pisa qilindi. Amir Olimxon vaqtdan yutish uchun muzokaralar boshladi. U o’z javob maktubida islohotlarni sekin- asta amalga oshirishi mumkinligini bayon qildi. Bu javobdan qanoatlanmagan Kolesov harbiy harakatlarni boshlashga buyruq berdi, 2 martda Buxoroga hujum boshlandi. Ularga har biri 200 kishidan iborat yosh buxoroliklar va yangi Buxoro ishchilarining otryadlari ko’mak berib turdi. Buxoro yaqinidagi Fatxobod- da bo’lgan dastlabki to’qnashuvda Amir Olimxon qo’shinlari mag’lubiyatga uchrab, shaharga chekindilar. Vaziyat bunday tus olishini kutmagan Olimxon Kolesovga o’zining maxsus farmoni oliyini yubo- rib, unda barcha talablarga rozi bo’lish b-n bir qatorda mamlakatda soliqlar ka- maytirilishi, tan va o’lim jazosi bekor qilinishini aytdi. Harbiy qarakatlar to’xtatilib, muzokaralar qaytadan bosh- landi. Olimxon bu fursatdan unumli foydalanib, 35000 kishilik Lashkar to’pladi. Buxoroliklar shahar himoyasiga qo’zg’aldi. Karmanadan Qorako’lgacha 170 km masofadagi t.y. izlari Amir sarboz- lari tomonidan buzib tashlandi. Urush harakatlari boshlanib, Kolesov otryadi qurshovda qoldi. Toshkent, Samarqand, Chorjo’y, Ashxobod, Marv, Karki, Termiz garnizonlaridan qizil askar otryadlari Kolesovga yordamga junatildi. Birok,, Buxoroni bosib olish rejasi amalga oshmasligiga ko’zi etgan Kolesov 5 mart kuni kechkurun Toshkent tomonga cheki- nishga buyruq beradi. Buning asosiy sababi, yosh buxoroliklar keng xalq om- masining ishonchini qozona olmaganligi emas, balki qizil askarlar buxoroli- klar tomonidan bosqinchilar sifatida qabul qilinganligi bo’ldi. Toshkentdan jo’natilgan Koluzaev boshchiligidagi qizil askarlar otryadi 11 martda kar- manadagi amirning yozgi qarorgohini egallab, bu erni talon-toroj qiladi. Ular Qiziltepada Kolesov b-n birlash- Di. Kolesov Qiziltepaga kelgach, sulh muzokaralari olib borish uchun olim- xonga, vakillar jo’natdi. Olimxon o’z navbatida, Kolesov b-n sulh muzokara- lari olib borishga tayyor ekanligini bildirdi. 17 martda Kolesov otryadi b-n Samarqandga etib keldi. Bu payt- da qizil askarlar Xatirchi, Ziyovuddin, Mir, Karmana, Qiziltepa, Qorako’l va Chorjo’yni bosib olgan edilar. Bir necha kun davom etgan muzokaralardan so’ng, 1918 i. 25 martda sovet Turkistoni b-n Buxoro amirligi o’rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi. 9 banddan iborat bitim shartiga ko’ra, mustaqilligini himoya qilgan Buxoro amirligi o’z xudu- didagi harbiy harakatlar uchun javobgar deb hisoblandi va tovon to’lashi lozim- ligi belgilandi. Amir o’z sarbozlari miqdorini 12000 kishidan oshirmaslik majburiyatini oldi. Qizil askarlar amirlik xududidan chaqirib olindi. Ko- Lesov otryadi talon-taroj qilingan kat- ta boylik (Karmana, Xatirchidagi xazina va b.) b-n Toshkentga qaytdi. K.v. Buxoro amirligida jiddiy o’zgarishlarni kel- tirib chiqardi. Qizil armiyaning xujumi avvalo Buxoroning yaqin ko’shnilari so- vet Rossiyasi va Turkistonidagi yangi re- Jimning haqiqiy mohiyatini ochib tash- ladi. Olimxon o’z ichki siyosatida kata mikdordagi zamonaviy qurollangan muntazam armiyani tuzishga intildi, u Afg’oniston va b. xorijiy mamlakatlar b-n yaqinlashishga intildi. Shuningdek, amirlik hududidagi 3000 kishi jadid- likda ayblanib, nohaq qatl qilindi va ularning mol-mulki musodara etildi. Ad.: X o’j a e v F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1926, 1997; Sadriddin Ayniy, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Voyna v peskax, M, 1935; Turke- Stan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; O’zbekiston tarixi (1917-1991), T., 2000; Muhammad Ali Baljuvoniy, tarixi no- feiy (foydali tarix), T., 2001. Rahmon Karimov, Qahramon Raja- bov.