Kolumb Xristofor
Kolumb Xristofor (1451, Genuya — 1506.20.5, Valyadolid) — dengizchi sayyoq, asli genuyalik. 1476-84 y.larda Lissabonda hamda Madeyra va Portu- Santu o.larida yashagan. Erning shar shaklida ekanligi to’g’risidagi qad. ta’- limotga va 15-a. olimlarining noto’g’ri hisoblariga asoslanib, K. Evropadan Hindistonga olib boradigan, uning fikricha, eng qisqa dengiz yo’lining loyihasini tuzdi. 1-ekspedisiyasida (1492-93) 90 kishi b-n «Santa-Mariya», «Pinta», «Nilya» kemalarida palosdan safarga chiqdi. Kanar o.laridan g’arbga burilib, Atlantika okeanini kesib o’tib, 1492 y. 12 okt.da (bu sana Amerikaning rasmiy kashf etilgan vaqti deb hisoblanadi) ba- Gama arxipelagidagi San-Salvador o.ga to’shadi. Kuba va Gaiti o.lari sohilini kashf etdi. 1493 y. 15 martda Kastiliyaga qaytib keldi. 2-ekspedisiyasida (1493-96) K. ad- Miral unvoni va yangi kashf etilgan er- larning vise-qiroli lavozimida 1500 kishilik eki paj b-n 17 kemada safar- ga chikdi. Dominika, Gvadelupa, Kichik Antil, Puerto-Riko va Yamayka o.larini, Kubaning Jan. qirg’oqlari bo’ylab suzib, bir necha Orol va yarim orollarni kashf qildi, Gaitining Jan. sohillarini tadqiq qildi. 1496 y. 11 iyunda Kastili- yaga qaytib keldi. 3-ekspedisiyasida (1498-1500) K. 6 kema b-n Atlantika okeanini 10° sh.k.da kesib o’tib, Trinidad o.ni kashf etdi. Jan. tomondan Pariya qo’ltig’iga va ori- noko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya ya.o.gacha kirib borib, Jan. Ame- Rikani kashf etishni boshlab berdi. Jan. Amerikaning shim.-Sharqiy sohillarini tekshirib, undan Karib dengizi orqali Gaiti o.ga o’tdi. 1500 y.da Kastiliyaga qaytib keldi. 4-ekspedisiyasida (1502-04) K. 4 kema b-n 1502 y. 12 iyunda Martinika o.ga keldi. Undan Gonduras qo’ltig’iga Su- zib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504 y. 7 noyab.da Kastiliyaga qaytib keldi. K.ning kashfiyotlari yangi erlarni mu- stamlakaga aylantirish, o’sha erlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish va qirib tashlash b-n birgalikda kechdi. K.ning birinchi bo’lib Amerikani ochganligi to’g’risida ilmiy adabiyotlar- da munozara ketmokda. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy G’arbiy yarim sharda quruklik bo’lishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shim. va shim.-Sharqiy Amerikaga K.dan avval normanlar borganligi aniqlangan. Ammo K. kashfiyotlaridan keyingina Amerika qit’asi geogr. faniga ma’lum bo’ldi. Ad.: Puteshestviya Xristofora Ko- lumba [dnevniki, Pisma, dokumenti], perevod s ispanskogo, M., 1961; Magido- VICh I. P., Istoriya otkritiya i issledo- Vaniya Tsentralnoy i Yujnoy Ameriki, M., 1965.