Komenskiy (Komensky) Yan Amos
Komenskiy (Komensky) Yan Amos (1592.28.3, Jan. Moraviya, Niv- Nise — 1670.15.11, Amsterdam) — Chex gumanist-pedagogi, zamonaviy o’qitish jarayoni asoschisi. Faoliyati nemis dvoryanlari va katolik cherkovi zulmi- ga qarshi qaratilgan «Chex qardoshlari» diniy uyushmasiga mansub oilada tug’ilgan. Mazkur uyushma a’zosi sifa- tida ta’qibga uchrab, tog’va o’rmonlarda yashirinib yurishga majbur bo’lgan. Dast- labki ma’lumotni qardoshlik maktabida olgan. 1608-10 y.larda lotin maktabi- da, keyinchalik Xerborn akademiyasi va Geydelberg un-tida o’qigan. Katolik cherkov ta’qibi natijasida Polsha- ning Leshko sh.ga kelgan va u erda gim- naziya tashkil etgan. 1631 y. «Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi», 1632 y. «Buyuk didaktika», «onalar makta- bi» Daryolik va qo’llanmalarini yaratgan. K.ning «hamma narsani bilish, hammaga bilim berish» shiori ostida yozilgan asarlari ilg’or fikrli inglizlarda zo’r qiziqish uyg’otgan. U lotin tili daryoli- gi va til o’qitish metodikasi bo’yicha qo’llanma yaratgan. 1650 y. Vengriyaga kel- Di va ped. nazariyasi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan «Pansofiya makta- bi» (1651), «yaxshi tashkil etilgan MAK- Tab qonunlari» (1653) kitoblarini, o’quv jarayonida rasmlardan foydalanishning samarali natijalari aks etgan «hislar vositasida idrok qilinadigan narsalar tasviri» (1658) asarini yozdi. K. har bir bola ta’lim olishi lozim- ligini uqtiradi, umumta’lim deganda xotin qizlarning ham tahsil olishini ko’zdatutadi. K. fikricha, tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iborat bo’lib, uni aqliy, axloqiy va diniy tarbiya b-n amalga oshirish mumkin. U bolaga samarali pedagogik ta’sir ko’rsatish uchun yosh xususiyatini hisobga olish lozimligi- ni ta’kidlaydi. K. bolalarning o’qish yoshini ona maktabi (tug’ilgandan 6 yoshga- cha), xalq, maktabi (6-12 yosh), gimnaziya (12-18 yosh), akademiya (18-24 yosh) kabi bosqichlarga bo’ladi. K. ped.si mohiyati o’qitishni bola yoshi, bilim daraja- si, ruhiy holatiga uyg’un holda tashkil etishdan iborat. Uning bu karashlari «Buyuk didaktika» asarida o’z ifodasini topgan bo’lib, unda ko’rsatmalilik, on- glilik, izchillik kabi didaktik tamoy- illar ahamiyati nazariy jihatdan asos- lab berilgan. K. jahon ta’limi tarixida birinchi bo’lib ta’limning sinf-dars tizimi- ni ishlab chikdi, ta’lim beriladigan vaqtning davomiyligini, bilim oladi- gan o’quvchilar sonini, yoshini belgila- Di. Darsning rejalashtirish, maqsadga muvofiq olib borish, ta’lim beriladi- gan vaqtni o’quv yili, Choraqlar hamda o’qish kunlariga ajratish yo’llarini ko’rsatdi. Ta’tillar va ularning davo- miyligi, kundalik va yillik o’quv soat- lari mikdorini belgilab berdi. Uning pedagogik karashlari hoz. kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Ad.: Hasanov R. va b., Pedagogika ta- rixidan lektsiyalar, T., 1991; Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R., Pedagogika tarixi, T., 1996.