Komik
Komik — hajviy rollar ijro etuvchi aktyor; sahna Ampluasi. K. xalq maydon teatrida Markaziy ijrochi hisoblanib, xalq yumori va teran FIK- rlarini tarqatib yuradi. Mubolag’a ishla-tib qahramonini ko’proq kulgili qilib ko’rsatadi. Uyg’onish davri teatrida, ayniqsa, u. Shekspir asarlari (mas, «Qirol Lir») da K. rollar (ijrochisi masxara deyi- ladigan) falsafiy va dramatik mazmun b-n boyitilgan. Klassisizm K.ni tra- gediya (fojia) janridan chetlashtirdi. Lekin J. Molerning asarlari (mas, «Skapen nayranglari»)da xalqning aql-zakovatini ifodalovchi, xushchaqchaq qaxramonlar (Skapen va b.) hukmron tabaqalarning kirdikorlarini sa- tira, yumor elementlari orqali fosh qilganlar. Asta-sekin K.ning vazifa va vositalari o’zgarib, boyib borgan. 19-a. teatrida ijtimoiy satira vazifasi va ayni vaqtda ilg’or dramadagi insonpar- varlik tendentsiyalarni ochib berish K. zimmasiga yuklatilgan. Ayniqsa, 20-a.da K. san’ati mazmunan boyib, qayotiylik, chuqur psixologik ijro b-n bir qatorda xalq teatri an’analari asosida boy- ib bordi. K. Ampluasi o’zbek an’anaviy te- atri (masxarabozlik, qiziqchilik, qo’g’irchoqbozlik) tomoshalarida qadimdan mavjud bo’lgan. O’zbek aktyor- lik san’ati hajv va hazil yo’nalishida rivojlangan. Zokir eshon, Komilqori qiziq, to’la masxara, Normat qiziq, Matxolik qiziq, Mizrob masxara, Oxun- jon qiziq, Yusufjon qiziq kabi Yi- rik K. aktyorlar ijod qilganlar. Key- inchalik M.Mirokilov, H.Islomov, R.Pirmuhamedov, S.Xo’jaev, G’.A’zamov va b. xalq masxarabozlik san’ati taj- ribalariga suyangan holda o’z ijro uslu- blarini yaratganlar. Hoz. kunda ularning an’analarini’.Ixtiyorov, E.Karimov, H.Tojiboev, O.Asomov, M.Xolmedov, B.Muhammadxujaev qabilar davom ettirmoqdalar. Ad. : K, o D i r o v M ., Masxaraboz va qiziqchilar san’ati, T., 1971. Muhsin Qodirov.