KOMPOZISION MATERIALLAR
KOMPOZISION MATERIALLAR -o’zaro uncha ta’sirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil bo’lmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil bo’ladigan va kom- ponentlar bir-biridan aniq chegara b-n ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, eyilish- ga chidamliligi va b.)ni o’zida mujas- samlashtirganligi uchun K. m. ularning hech biriga xos bo’lmagan ko’rsatkichlar b-n ifodalanadi. Odatda, K. m. plastic (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matrisa hamda qo’shilmalar: metall kukunlari, tola- lar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va b.dan iborat bo’ladi. K. m. turlari: tolali (tolalar yoki ipsimon kristallar b-n mustahkamlangan); dis- persion-zichlangan (dispers zarralar b-n mustahkamlangan) va qatlamli (turli xil materiallarni presslab yoki prokat- lab olingan). K.m. tayyorlashning muhim tex- nologik usullari: armaturalovchi (mustahkamlovchi) tolalarga matrisa materiali shimdirish; mustahkamlagich va matrisa lentalariga press-qolipda shakl berish; komponentlarni sovuqlayin presslab, keyin qovushtirish; mustahkamlagichga matrisani purkab, keyin qisish; komponentlarning ko’p qatlamli lentalarini diffuziya usulida payvandlash; armaturalovchi elementlar- ni matrisa b-n birga prokatkalash va h.k. K. b. aviasiya, kosmonavtika, raketa- sozlik, avtomobil sanoati, mashinasoz- lik, kon-ruda sanoati, qurilish, kimyo sa- noati, to’qimachilik, q. x., uy-ro’zg’or tex- nikasi, radiotexnika, energetika, quvur i. ch.da va b. tarmoqlarda qo’llaniladi.