Kompozisiya uslubi, kompozisiya usuli

Kompozisiya uslubi, kompozisiya usuli — ko’p ovozli, kompozitor tomonidan nota yozuvi shaklida ijod etilgan musiqiy asarning tuzilish Xu- susiyatlari, o’ziga xosligi; kuy-ohanglar yaratish hamda ularni rivojlanti- rish yo’li. Musiqa asaridagi ovozlar, musiqiy-ifodaviy vositalarning o’zaro nisbatlari jihatidan farklanadi. EV- ropa san’ati tarixida oldin polifoniya uslublari (9— 10-a.lardan), keyinchalik gomofoniya turlari (16— 17-a.lardan), 20-a.da atonal musiqa, dodekafoniya, Pu- antilizm, aleatorika, konkret musiqa, elektron musiqa, minimalizm kabi K.u.lari rivoj topdi. O’zbekiston kom- pozitorlik san’atining ilk tajriba- lari (1920-30 y.lari), asosan, gomofo- niya tarzida vujudga kelgan, keyinchalik (ayniqsa, 1960-70 y.lardan boshlab) polifoniya, shuningdek, turli zamonaviy kompozisiya turlari keng rivoj topdi. K.u.lari bir-birini inkor qilmaydi, balki aksariyat zamonaviy (shu jum- ladan, o’zbek kompozitorlari yaratgan) musiqa asarlarida kompozisiyaning bir necha turlari o’zaro tutashib, qorishib ketgan holda namoyon bo’ladi. K.u. asos- lari maxsus oliy musiqa o’quv yurtlari- da musiqashunoslik hamda kompozisiya kurslarida o’rganiladi. K.u. tushunchasi, asosan, kompozitorlik ijodiga nisba- tan qo’llanilsada, ta’kidlash joizki, uzoq va yaqin o’tmish hamda hoz. davr o’zbek bastakorlik ijodiyoti ham o’zining uzoq taraqqiyoti jarayonida bir qator turfa K.u.larini shakllantirgan.