Ko’nchilik

Ko’nchilik — hayvon teri- sidan charm (ko’n) tayyorlash kasbi; hunarmandchilikning qad. turlaridan biri. Ibtidoiy odamlar hayvon teri- sidan charm tayyorlash sirlarini bi- lishmagan; ular, asosan, xom terilarni yopinib yurishgan. Bunday hol uzoq da- vom etishi mumkin emasdi, chunki tabi- at injiqliklari odamlarning yaxshiroq o’ranib-chirmanib yurishlarini taqozo qilardi. Neolitning so’nggi bosqichi va jez davri boshlarida chorvachilik yuzaga keldi. Shundan so’ng K.ning ilk madaniy uchqunlari paydo bo’ldi. Terini qayta ishlash usullari vujudga kelaboshladi. Insoniyat asta-sekin hayvon terisi- ni oshlab ko’n olishni va undan kiyim- bosh tikishni bilib oldi. Keyinchalik odamlar tolali o’simliklar tolasidan dag’al matolar to’qishni o’rganib olgach, K.ga bo’lgan ehtiyoj biroz susaydi. K. hunarmandchilik kasbi sifatida, aso- san, 19-a. 2-yarmidan shakllana bosh- ladi. 20-a. boshlarida O’zbekistonda ko’plab K. do’konlari bo’lgan. Bu erda chorvachilik taraqqiy etganligi hamda teri va charmga ehtiyoj kattaligi tu- fayli K. hunarmandchilikning asosiy sohalaridan birigaaylandi. Bu davr- da rus kapitali ta’sirida oldin xo- razm (Xonqa)da, keyin Toshkentda ko’n z-dlari qurilgan. Shu tariqa K.ning sa- noat usullari paydo bo’ldi. Ayni payt- da O’zbekistonning barcha hududlarida kichik-kichik xususiy K. korxonala- ri, ko’nchilar oilalari paydo bo’ldi. Mas, Toshkentda butun boshli ko’nchilar mahallalari bo’lgan. K. z-dlari b-n birga ayrim joylarda xususiy ko’nchilar ham faoliyat ko’rsatmoqda. Terini oshlash tex- nologiyasi deyarli o’zgarishsiz qolmoqda. Bunga doir barcha ishlar, asosan, qo’lda bajarilgan (aksar holdarda hozir ham shunday). Jihozlar tezob (oshlash) idi- shi yoki hovuzchasi va dud o’chog’idan ibo- rat bo’lgan. Tezob (kul aralashtirilgan ohak suvi), tuz va oshlovchi moddalar b-n ish ko’rilgan. O’zbekistonda, asosan, qoramol, qo’y, echki, tuya terisidan tur- li navlardagi teri (charm) tayyorlangan. K. do’konlari va yakka ko’nchilar ko’nning biror navi bo’yicha ixtisoslashgan. Mas, tagcharm ishlab chiqaruvchilar — Charmgar, yumshoq ko’n (sahtiyon) ishlab chiqaruvchilar saxti-yongar, mesh ishlab chiqaruchilar meshgar deb atalgan. Keyin- chalik ko’n z-dlarida ko’p ishlar mexani- zasiyalashtirilgan va tezobning tarkibi o’zgartirilgan. K. texnologiyasiga doir ishlar z-dda, asosan, 3 bosqichda bajariladi: terini oshlashga tayyorlash, oshlash va pardoz- lash. Terini oshlashga tayyorlashda ki- myoviy usulda teriga dastlabki ishlov beriladi, ya’ni teri juni yumshatiladi, teri qirish mashinasida junlardan to- zalanadi, go’sht qoldiqlaridan ajratish mashinasida go’shtlardan tozalanadi. Yana bir mashinada terining sirti qirib te- kislanadi. Tozalangan teriga osh tuzi va kislota eritmasida ishlov berilib, oshlashga tayyorlanadi. Oshlashda teri- ni maxsus moddalar b-n ishlab, charmga aylantiriladi. Pardozlashda charmga kimyoviy va mexaniq ishlov beriladi. Kimyoviy ishlovda har xil eritmalar va chanlar (idishlar)dan, mexaniq ishlovda maxsus mashinalar, barabanlardan foy- dalaniladi.