KO’P YILLIK MUZLAGAN TOG’ JINSLARI

KO’P YILLIK MUZLAGAN TOG’ JINSLARI — tarkibida uzoq, mud- dat muz saqlab turuvchi va litosfera- ning asosiy muzlagan massasini tashkil qiluvchi jinslar. Manfiy t-ra natija- sida paydo bo’ladi. Bunday jinslar er yuzasining faol yuqori qatlamidan bir qadar chuqurlikda yotadi va tegishli ta- biiy sharoitda kamida ikki yildan yuz yillab va hatto ming yillab muzlagan holatda saqlanib turadi. Hoz. zamon ma’- lumotlariga ko’ra, muzlagan holatdagi tog’jinslarining eng katta yoshi 1 mln. yildan oshadi. O’zbekistonda bunday jinslar 4000 m dan yuqoridagi tog’tepa- larida uchraydi. Muz qo’shimchalarining shakli va o’lchamlari va o’zaro joylashuvi cho’kindilarning to’planishi va muzlash sharoitiga bog’liq. Muzlagan tog’jin- slari o’z tarkibida suv va suv bug’ini ham saqlashi mumkin, ularning hajmi va taqsimlanishi jinsning mineral yoki organo-mineralli skeletining dispers- ligiga va muzlash yoki erish sharoitiga bog’liq. Muzlagan tog’jinsida muzning bo’lishi uning fizik, mexaniq va fil- trasiya xususiyatlariga jiddiy ta’- sir ko’rsatadi. Bo’sh va yoriqlari bo’lgan qoyali tog’jinslari muzlashi natijasida yangicha xususiyatlarga (bir-biriga yopi- shib qolish, suv o’tkazmaslik va h.k.) ega bo’ladi. Bu holat jinslardan qurilish ishlarida foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Shunday hududlarni o’zlashtirishda o’ziga xos sharoitlarni hisobga olish zarur. Turli inshootlarni loyihalash va qurishning ilmiy asos- larini geokriologiya muhandisligi hal qiladi. Bu sohaning rivojiga xorijda rossiyalik, shvesiyalik, amerikalik va b. olimlar salmoqli hissa qushgan.