KO’RAKOYOQLILAR
KO’RAKOYOQLILAR, ko’rakoyoqli sut emizuvchilar (Pinnipedie) — sut emizuv- chilar sinfining bir turkumi. Bu tur- kumga morj, dengiz arslonlari, kulok- li tyulen, tojli tyulen, dengiz quyoni, qo’ng’ir tyulen, Xoldor tyulen, asl Tyu- lenlar kiradi. K. suvda yashaydi. Juni qisqa. Oyoqlari suvda suzishga moslashib, ko’rak (eshkak)ka aylangan (nomi ham shun- dan). K. erda zo’rg’a sudralib yuradi. Tish- lari, asosan, konus shaklida. Dumi juda qisqa, terisi ostida qalin yog’qatlami bor. Bu qatlam hayvonlarni sovuqdan saqlaydi. Ular och qolganda yog’qatlam hisobiga yashaydi. Ko’zlari suv ostida ko’rishga moslashgan. Quloq suprasi juda kichkiva yoki bo’lmaydi. Burun teshikla- ri faqat nafas olganda ochiladi. K. suv yuzasida dam oladi va uxlaydi. Suv tagi- da uzoq tura oladi. K. suvda oziqlanadi, ozig’ini chaynamay yutadi (mollyuskalar- ning chig’anog’ini tishida maydalaydi). K. urchish, tullash, tug’ish va bolasini emizish, dam olish uchun quruqlikka yoki muz ustiga chiqadi. K. eng kichik turi- ning bo’yi 1,3 m (halqa naqshli tyulen yoki nerpa), eng kattasiniki 5,5 m (dengiz fili). K.ning 31 turi ma’lum 3 oilaga: morjlar, quloqli tyulenlar va asl Tyu- lenlarga bo’linadi. Okean larda, sovuq va o’rta mintaqadagi dengizlarda, jum- ladan, qora dengiz va Kaspiy dengizda uchraydi. Ayrim turlari ko’llar (mas, La- doga va Baykal)da ham yashaydi. 6 turi va 3 ta kenja turi xalqaro qizil kitobga kiritilgan.