Ko’rish

Ko’rish — organizmlarning ko’rish organlari yordamida tashqi dunyo to’g’risida axborot olishdan iborat mu- rakkab fiziologik jarayon. K. jarayonida tashqi dunyodagi ob’ektlardan qaytadigan yoki ular tarqatadigan 300-800 nm dia- pazondagi elektromagnit to’lqinlari, ya’ni yorug’lik nuri K. organlari uchun ta’sirlovchi bo’ladi. Odam va ko’pchilik umurtqalilar, bir qancha umurtqasiz hayvonlar rang- li K. qobiliyatiga ega. K. odam va yuksak umurtqalilarda juda mukammal rivoj- langan bo’lib, ko’rish analizatori orqali amalga oshadi. Bu analizator Perife- rik (ko’z), o’tkazuvchi (K. yo’li, po’stloq osti nervlari) va Markaziy (bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’i sohalari) bo’limlardan iborat. Yorug’lik nuri qorachiqsan o’tib to’r pardaning ko’rish pigmentlariga to’shadi. Yorug’lik ta’si- rida to’r pardada bioelektr potentsial- lar paydo bo’ladi. Ular analizatorning o’tkazuvchi bo’limi orqali ko’rish marka- ziga o’tkaziladi. Bu joyda har xil anali- zatorlardan kelayotgan nerv impulelari tahlil qilinib, odam ongida saqlanib qoladigan muayyan obrazlar shakllanadi. K. organlarining ob’ekt shaklini farq qilish (K. o’tkirligi), ko’z harakatlanmay turganda katta maydonni K. (ko’rish may- doni), har ikkala ko’zdagi tasvirni bir- lashtirish, ob’ekt obrazining yo’nalishi va K. chuqurligini aniqlash (binokulyar K.) xususiyatlari ularning miqdoriy ko’rsagichlari hisoblanadi. Odam ko’zi elektromagnit to’lqin o’z. 390-760 nm bo’lgan yorug’lik nurlarini farq qiladi. Odamning yorug’likni sezish xususiyati qorong’ilikda pasayib, yorug’likda kuchaya- Di. Odam ko’zining to’r pardasida 2 xil: tayoqchasimon (kechki va tungi K.ni amal- ga oshiradi) va qadahsimon (kunduzgi K. va rangni sezadi) reseatorlar mavjud. Shuning uchun K.ni tungi, ya’ni skotopik, kechki — mezotopik va kunduzgi, ya’ni fototopik deb ataladigan xillari mav- jud. K. tashqi dunyoni bilishda asosiy ahamiyatga ega. Inson atrof muhitdan oladigan axborotning 90% ini K. orqali qabul qiladi. K. organlarining hosil bo’lishi hayvonlar evolyusiyasida yoruglikni qorong’ilikdan farq qiladigan (mas, yomg’ir chuvalchanglari) yoki yo’valtirilgan yorug’lik nurlarini sezadigan (mas, krrinoyoqli mollyuskalar) daraja- dan tasvirni mukammal tahlil qilib bera oladigan darajagacha bo’lgan mu- rakkab rivojlanish yo’lini o’tgan. Qisqichbaqasimonlar va hasharotlar predmetlar shaklini farq qiladi, lekin yaqin masofadan ularni aniq ko’ra ola- Di. Baliqlar ham narsalarni yaqin ma- sofadan ko’radi. Quruklikda yashaydi- gan umurtqalilar uzoqni ko’ruvchilar hisoblanadi; ular orasida qushlar eng uzoqni ko’ruvchilardir.