Ko’rish organlari

Ko’rish organlari – odam va hayvonlarning yorug’sezadigan organ- lari. Barcha umurtqali va ko’pchilik umurtqasiz hayvonlarda bo’ladi. Ko’p hujayrali hayvonlar K.o.ning asosiy elementi sezgir hujayralar — foto- reseptorlar hisoblanadi. Ularning pe- riferik (chetki) uchi yorug’likni qabul qiladi. Fotoreseptorlar umurtqali hayvonlarda qadahcha yoki tayoqcha shakli- da. K.o. ko’pchilik hayvonlarning boshi- da joylashgan bo’lib, ko’rish nervlari orqali bosh miya b-n bog’langan. Oddiy K.o. epiteliy hujayralari orasida joy- lashgan ayrim ko’rish hujayralaridan iborat (mas, yomg’ir chuvalchanglari). Od- diy K.o. faqat yorug’likni sezadi, bu- yumlarni farq qilmaydi. Evolyasiya jarayonida tarqoq ko’rish hujayralari bir joyga to’planib, teri ostiga botib kirishi, pigment ekranlari, yorug’likni sindirib to’r qavatga tushiradigan, Akko- modasiyalovchi, ko’zni harakatlantiruvchi, uni muhofaza qiluvchi va b. moslamalar paydo bo’lishi tufayli K.o. mukammal- lashib borgan. Ayrim bo’shliqichlilar, tuban chuvalchanglar, bir hujayralilarda K.o. oddiy ko’z dog’laridan iborat. Key- inchalik ko’rish dog’lari takomillasha borib, pufaksimon yoki qadahsimon shak- lga kiradi (ba’zi bo’shliqichlilar va mollyuskalar), pufak yorug’lik sindiruv- chi dirildoq shishasimon tana b-n to’la bo’ladi. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilarning K.o. fasetkali ko’zdan iborat. Faset-ka- li ko’z narsalar shaklini farq qiladi. Odamlar va umurtqali hayvonlar, ba’zi umurtqasizlar (boshoyoqli mollyuskalar) ko’zi ayniqsa yaxshi rivojlangan bo’lib, kamerali ko’zlar deyiladi (yanaq. Ko’z).