Ko’rlar maktabi
Ko’rlar maktabi – ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar uchun internat maktabi tipidagi maxsus ta’lim-tarbiya muas- sasasi. K.m. ko’rlar va zaif ko’ruvchilar internat maktabiga bo’linadi. O’zbekistonda birinchi marta 1920 y. no-giron (kar, ko’r, aqli zaif) bolalar uchun internat maktabi sifatida tashkil etil- gan. Toshkentda zaif ko’ruvchilar uchun 20 o’quvchidan iborat maktab 1922 y., alohida moslashtirilgan internat maktabi 1935 y. ochilgan. Ko’rlar internat maktabiga mutlaqo ko’rmaydigan, zaif ko’ruvchilar internat maktabiga 0,05% gacha ko’rish qobiliyatiga ega bo’lgan bolalar qabul qilinadi. Ko’r va zaif ko’ruvchilar re- spublika, viloyat va shahar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil etil- gan tibbiy psixologik-pedagogik komis- siyalar tomonidan ko’rikdan o’tkaziladi va o’qishga yo’llanma beriladi. Ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar uchun maxsus ta’- lim-tarbiya O’zbekiston Respublika- sining «ta’lim to’g’risida»gi qonuni (1997) asosida amalga oshiri-ladi. K.m. O’zR Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiradi. K.m.da 2 bo’lim mavjud bo’lib, 1-bo’limda 10 yillik, 2-bo’limda 11-yillik tayanch ta’lim beriladi. K.m.ning boshlang’ich sinflarida o’qish maxsus reja, dastur, Daryolik va o’quv qo’llanmalari asosida, yuqori sinflar- da normal maktablarning 5-9- sinflar darsliklaridan foydalanib olib bori- ladi. Ko’rlar internat maktabida har bir sinfga 8 o’quvchi, zaif ko’ruvchilar internat maktabida 10 o’quvchi qabul qilinadi. Darsliklar Brayl alifbosi (relef-nuqta) asosida tayyorlanib bo- siladi. O’quv rejasi, dasturi, Daryolik va o’quv qo’llanmalari O’zR Xalq ta’limi vazirligi ta’lim markazining maxsus ta’lim bo’limi tomonidan tayyorlanadi. Maktabning 2-bo’limida o’qiydigan zaif ko’ruvchi bolalar Daryo jarayonida turli texnika va kattalashtiruvchi optik vosi- talar, maxsus yoritqichlardan foydalana- dilar. K.m. o’quvchilari doimiy ravishda ko’z vrachi, nevropatolog va b. vrachlar nazoratida bo’ladi. K.m. qoshida maktab- gacha tarbiya bo’limi mavjud bo’lib, ular maxsus maktabda o’qish uchun tayyorlanadi. K.m.da maxsus usullar (ayniqsa, ta’lim- ning 1-bosqichida) keng qo’llaniladi. Asosiy e’tibor ojizlik oqibatlarini tuzatish, davolash, fazoviy tasavvur va orientasiyani ustirishga qaratilgan bo’ladi. O’qishni tugatgan o’quvchilar mehnat qilishlari yoki oliy va o’rta Max- sus o’quv yurtiga kirib o’qishni davom et- tirishlari mumkin. 2000/2001 o’quv yili boshi O’zRda 7 ko’rlar internat maktabi (1369 o’quvchi), 2 zaif ko’ruvchilar Inter- nat maktabi (386 uquvchi) ishladi.