Ko’rlik

Ko’rlik, so’qirlik, ko’z ojizligi — ko’rish qobiliyatining butunlay yo’qolishi, yorug’likni qorong’ilikdan AJ- RATA olmaslik. Bunda ko’rish o’tkirligi «0» bo’ladi, buni davolash imkoni deyar- li yo’q. Yorug’likni qorong’ilikdan AJ- RATA olmaydigan absolyut K. va ko’rish qobiliyati bir oz saqlangan n i s b i y K. farq qilinadi. I. ch. yoki kasbga aloqador K.ka uchragan kishilar nisbiy kur hisoblanadi. Yorug’likni sezib, hatto uning qaysi tomondan to’shayotganligini bilsa ham, birovning yordamisiz uyidan tashkariga chiqa olmaydigan odam kur hisoblanadi. Shuning uchun turmushdagi K. deb ataladigan K. ancha keng. Bundan tashqari, ishlab chiqarishdagi K.da kishi har qanday optik asbob (ko’zoynak, lupa va b.) yordamida ham ko’rmaydi. Biror kasb egasining ko’zi juda xiralashib, o’z ishi- ni (aqliy mehnat b-n shug’ullanadigan kishilarning uqish va yozishni) davom et- tira olmay qolishi k a s b g a aloqadork. deb ataladi. K. tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’m a K. bosh miyaning ayrim bo’laqlari, ko’rish nervlari, ko’z tur pardasi ri- vojlanishining buzilishi oqibatida vujudgakeladi. Orttirilgan K. ko’z ka- salliklari {glaukoma, traxoma, keratit, ko’rish nervlarining zararlanishi va b.), shuningdek, ko’z kosasi va bosh miya shi- kastlaridan so’ng paydo bo’ladi. K.ning oldini olishda ko’z soqqasi, ko’z kasal- liklari, xususan, glaukomani barvaqt aniqlash muhim. Ko’pchilik ko’r kishilar ko’rlar maktabida ta’lim oladilar va foydali mehnat b-n shug’ullanadilar.