KORXONALARNI TEXNIK QAYTA QUROLLANTIRISH

KORXONALARNI TEXNIK QAYTA QUROLLANTIRISH – ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunalarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo’li bilan korxonaning texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quwatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan bo’ladi.