Ko’sak, ko’sakcha

Ko’sak, ko’sakcha (capsyla) — yopiq urug’li o’simliklarning ko’p urug’li me- vasi. K. bir va ko’p chanoqli bo’ladi. K. etilganda teshikchasidan (ko’knorda), qopqoqchasidan (mingdevona, zubturum va b.) va pallalaridan (g’o’za, bangide- vona, binafsha, piyozgul va b.da) ochila- Di. G’o’zada K. 3-5 chanoqli tugunchadan rivojlanadi. Meva qati (K. devorlari) Markaziy urug’chi va urug’dan tuzilgan. Urug’lanishdan keyin tuguncha rivojla- nib, K.ka aylanadi. Urug’lanishdan to K. etilib ochilguncha 50-60 kun o’tadi. Uning murakkab rivojlanishi va eti- lish jarayonini 4 davrga bo’lish mumkin: tugunchaning K.ka aylanishi (10 kun); K.ning tez o’sishi (15 kun) quruq modda to’planishi (15 kun); K.ning to’liq etilib qurishi (15 kun). Tashqi va ichki omillar ta’sirida davrlar muddati o’zgaradi. Ertapishar g’o’za navlarida bu davrlar qisqa, kechpishar navlarda uzun. G’o’zaning navi, turi va b. belgilariga qarab bitta K.da o’rta tolali go’zalarda 4,2—7 g, ingichka tolali go’zalarda 2,5—4 g gacha paxta, 20 tadan 40— 50 ta gacha chi- git bo’ladi. Mevasi (paxta) etilishi dav- rida K.lar asta-sekin qurib, uchidan sox- ta choklari bo’ylab chanoqlari ochiladi.