Ko’zgu

Ko’zgu — yorug’likni tekis qaytaruvchi yupqa (alyuminiy, kumush va b.) kat-Lam b-n qoplangan silliq sirtli shisha yoki metall jism. Sirtidagi Note- kisliklar bir necha mikrondan oshmay- digan darajada silliqlangan bo’ladi. K.larni tayyorlashda to’lqinlarning qaytarish koeffiiienti yuqori bo’lishiga erishish uchun silliqlangan sirt qalinligi 0,1+ 0,3 mmk bo’lgan yupqa metall (Ag, A1 va b.) qatlam b-n qoplanadi. Silliq alyuminiy sirti ultrabinafsha, infraqizil va ko’zga ko’rinadigan nurlar spektri sohasida, silliq kumush sirti infraqizil va ko’zga ko’rinadigan nurlar spektri sohasida, silliq oltin sirti esa infraqizil nur- lar spektri sohasida katta nur qaytarish koeffisientiga ega. Qad. Sharqda jez davrida ham K. ishlatilgan. Bu vaqtda K. jezdan, keyinchalik temir, kumush, simobdan va, nihoyat, mil. 1-a.dan bosh- lab Italiyada shishadan yasalgan. Yunon olimi Evklid (mil. AV. 5-a.) yassi va sfe- rik K. b-n nurlarni bir nuqtaga yig’ish mumkinligini ko’rsatgan. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino K. optika- si b-n tanish bo’lishgan. Ibn Sino «Do- nishnoma» asarida sferik ko’zgular b-n yorug’likni bir nuqtaga yig’ishni isbot- lagan. Shakliga ko’ra, K.lar yassi va sferik xillarga bo’linadi. Yassi K. buyumning mavhum tasvirini (o’lchami o’zgarmagan holda) beradi. Sferik K. buyum tasvi- rini kattalashtirish (yoki kichiklashti- rish) hamda nurlarni to’plash uchun ish- latiladi (mas, kontsentrator, projektor, reflektor, avtomashinalar va h.k.da). Sferik K. yaxshi ishlov berib silli- klangan shar sirtining bir qismidir. Yorug’lik nuri sferik sirtning ichki yoki tashqi sirtidan qaytishiga ko’ra, sferik K.lar mos ravishda botiq yoki qanariq K.lar bo’ladi. Shar sirtining markazi S K.ning optik markazi, shar segmentining uchi o esa K.ning qutbi deyiladi. K.ning optik markazi Sdan o’tadigan har qanday nur K.ning optik o’q i , sfera markazi S dan va K. qutbi o dan o’tadigan so op- tik o’q K.ning bosh optik o’qi deyiladi. Faqatbosh optik o’q yaqinida va optic o’qqa kichik burchak ostida kelayotgan nur- lar Markaziy nurlar yoki paraksial nur- lar deb ataladi. Yorug’lik chiqaruvchi nuqta S dan K. gacha bo’lgan oraliq OS=d, shu nuqta tas- viri S dan K.gacha bo’lgan OU=/oraliq va sferik K. radiusi OC=R quyidagi for- mula orqali o’zaro bog’langan: Agar d—>°° bo’lsa, u holda / = u bo’ladi, biroq d-**> bo’lganda K.ga tu- shayotgan nurlar optik o’qqa parallel, bi- nobarin, bu nurlar K. dan qaytgandan keyin bu o’qni qutbdan u masofadagi nuqtada kesib o’tadi. Bu nuqga K.ning foku s i G’deyiladi. K.ning qutbidan fokusigacha bo’lgan masofa K.ning fo- kus masofasi deyiladi. K.ning fokusi orqali o’tgan va optik o’qqa perpendiku- lyar bo’lgan tekislik K.ning fokal tekis- ligi deyiladi. Fokus masofa ham fokus singari G’harfi b-n belgilanadi. Shunday qilib, sferik K.ning fokus masofasi G’K. sfe- rasi radiusining yarmiga teng. U vaktda K.ning fokus masofasi tushunchasidan foydalanib formula (1) ni quyidagicha yozish mumkin: T ~ T Qavariq K. bo’lgan holda, optik o’qqa parallel nurlar qaytgandan keyin sochi- ladi, bu nurlarning davomi K.ning orqa tomonida optik o’qni bir nuqtada kesib o’tadi. Bu nuqta K. ning mavhum fokusi deyiladi. Yuqoridagi formula sferik K. for- mulasi deb yuritiladi. Sferik K. for- mulasi tasvir va K.ning fokusi haqiqiy bo’lgan hol uchun keltirib chiqariladi. Agar tasvir mavhum bo’lsa had, K. fokusi mavhum bo’lsa u had oldilariga minus ishorasi qo’yiladi. D = ug = kattalik K.ning optik kuchi deb ataladi va focus masofa metr (m) hisobida o’lchanganda, optik kuch dioptriya (dntp) degan birlik b-n ifodalanadi: [D] = ^ = -L = 1dptr. Optik asboblarda, ko’pincha, K. Lin- zali sistemalardan foydalaniladi. Lazerlarda K. optik rezonator elemen- tidir. K. texnikaning ko’pgina soqalari (mas, geliotexnika, kinotexnika, mashi- nasozlik va h.k.) da qo’llaniladi. Gelio- kontsentratorlar, gelioqurilmalar, shuningdek, metallarni zonali eritish qurilmalarida K. yordami b-n nur (ener- giya) to’planadi. Turli tuzilishga ega bo’lgan shakldagi K.lar ko’z kasallikla- ri klinikalarida, stomatologiya, XI- rurgiya, ginekologiya va medisinaning b. sohalarida ishlatiladi.