Kripton

Kripton (lot. Krypton), Kg – Men- deleev davriy sistemasining VIII gu- ruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 36, at. m. 83,80. Havodan ajra- tib olingan K. 6 ta izotopdan tuzilgan; 78kg (0,354% hajmiga nisbatan), 80kg (2,27%), 82kg (11,56%), 83kg (11,55%), 84kg (56,90%) va 86kg (17,37%). Uran minerallaridan ajratib olingan K.ning izotop tarkibi bundan birmuncha farq qiladi, chunki 235U va 238U parchalan- ganda radioaktiv izotoplar, mas, 85kg (T, =10,6 y, r-nurlanuvchi) ham hosil bo’ladi. Oksidlanish darajasi +2, at. ra- diusi 0,198 nm, kovalent radiusi 0,109 nm. K. — bir atomli hidsiz va rangeiz gaz. Suyuqlanish t-rasi 119,80 K; qattiq K. ning zichligi 3000 kg/sm3 (OK), suyuq K. niki 2412 kg/m3 (120 K), gaz holatdagi K.niki 3745 kg/m3 (273 K, 0,1 MPa) Dia- magnetik. Suv va organik moddalar b-n ko’shimchali birikmalar (klatratlar) hosil qiladi. Ultrabinafsha lazerdar- da qo’llaniladigan eksimer birikmalar, mas, KrF, KrCl, KrBr, KrO lar ma’lum. Atmosferada hajmi jihatidan 1,14- 10~~4% K. bo’lib, uning atmosferada- gi zahirasi 5,3-1012 ga teng. Tarkibida uran bo’lgan mineral gazlarda 2,5— 3,0% K. bor. Yadro reaktorlarining nurlangan yoqilg’ilarida 0,04% gacha K. bo’ladi. Koi- notda 6-107 atom ne ga 1 atom K. to’g’ri ke- ladi. K. ning kimyoviy birikmalaridan faqat Kripton diftorid KrF2 va uning hosilalari, mas, KrFT, SbF~, Kr,F,AuF», KrH+, Ta2 F~ olingan. K. havoni parcha- lashda oraliq mahsulot sifatida hosil bo’ladi. Cho’g’lanma lampalar, gazorazryad va rentgen trubkalarni to’ldirishda qo’llanadi. K. ning radioaktiv izotopi 85kg tibbiyotda r-nurlanuvchi sifatida hamda vakuum uskunalaridagi yoriqlarni aniqlashda, korroziya hodisalarini tek- shirishda, detallarning edirilishini nazorat qilishda qo’llanadi.