Kristall panjara

Kristall panjara – zarra- lar (atomlar, ionlar, molekulalar) ning uchchala koordinata o’lchamlari bo’yicha davriy qaytariluvchi geometrik to’g’ri joylashishini ko’rsatuvchi shakl. Qattiq jism kristallarning muvozanat xrla- tiga xosdir. Ideal kristall uchun atom- larning elementar yacheykada joylashi- shini parallel ko’chirish b-n K. p. hosil qilinadi. Kristallar simmetriyasiga qarab, elementar yacheykalar kub, to’g’ri yoki qiyshiq burchakli parallelepiped va kvadrat yoki olti burchakli prizma sha- klida bo’ladi. Uning qirralari panjara doimiyligi deb ataladi va u atomlar orasidagi masofani belgilaydi. Elementar yacheykalarda atomlarning joylashishiga qarab, K. p. lar 14 turga bo’linadi va frantsuz kristallografi o. Brave (1811-63) nomi b-n yuritiladi. Atomlar joylashgan tugunlarning shak- llariga qarab tomonlari markazlashgan, hajmi markazlashgan va asosi markaz- lashgan kub panjaralariga bo’linadi. Sho’nday panjaralarning tugunlarini hisobga olib, elementar yacheykalarda bittadan (oddiy kimyoviy elementlar) bir nechta yuzlab (kimyoviy birikmalar) va millionlab (yuqori molekulyar birik- malar — oqsillar, viruslar) atomlar joylashadi. K. p. kristallning fizik xossalari (mexaniq, elektrik, magnit, optik va b.) ni va anizotropligini bel- gilaydi.