Krit

Krit — O’rta dengizning Sharqiy qismidagi Orol, Gresiya hududi. Mayd. 8,3 ming km2. Uzunligi g’arbdan sharqqa 260 km, eni 12 km dan 55 km gacha. Shim. qirg’oqlari qo’ltiqlar b-n parchalangan, Jan. kam parchalangan, jarli. Relefi tog’li. Tog’massivlari (eng baland joyi 2456 m, ida tog’i) ohaktosh va slanes- lardan tuzilgan, karst hodisasi keng tarqalgan. Iqlimi O’rta dengiz iqlimi, yozi quruq. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 12°, iyulniki 26°. Tog’larda qor may oyigacha saqlanadi. Yiliga 600 mm dan 1600 mm gacha (sohil qismida) yog’in yog’adi, aso- san, qish oylarida. O’rta dengiz butala- ri (frigana) o’sadi, tog’tepalari yaylov. Tokzor va zaytunzorlar bor. Donli ekin- lar, tamaki ekiladi. Aholi qo’ychilik, baliq ovlash b-n ham shug’ullanadi. Sa- Mariya milliy bog’i tashqil etilgan (tog’ flora va fauvasi muhofaza qilinadi). Antik davr va o’rta asrlarda qurilgan ko’plab me’moriy yodgorliklar (qal’a, cherkovlar) saqlangan. Asosiy portlari: Iraqlion, Xanya. K. — Evropa madaniyatining eng qad. o’choqlaridan. Orolda mil. AV. 3-ming yillikda ilk quldorlik davlatlari Vu- judga kelgan. Mil. AV. 20-15-a.larda bu davlatlar juda rivojlangan. Mil. AV. 1-a.da K. Gresiyaning siyosiy va ma- Daniy hayotida muhim o’rin tutgan. Mil. AV. 67 y.da Orolni rimliklar egallagan. Rim imperiyasi parchalanib ketgandan so’ng (395 y.) K. Sharqiy Rim imperiya- si, 823-961 y.larda arablar qo’l ostida bo’ldi, 961 — 1204 y.larda Vizantiya tar- kibiga kirdi. 1669 y. dan Usmonli turk saltanati tasarrufida. Bolqon urushla- ritshn so’ng Gresiya—Turkiya shartnomasi b-n tasdiklangan 1913 y.dagi London sulh shartnomasiga asosan, K. Gresiyaga o’tdi.