Kunjut qo’ng’izi
Kunjut qo’ng’izi (Asmaeodra ballioni Gangl.) — qattiqqanotlilar tur- kumining oltinqo’ng’izlar oilasiga man- sub zararkuvanda hasharot. O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va b. mamla- katlarda uchraydi. Lalmikor xududlarda kunjut, kungaboqar va b. soyabongulli be- gona o’tlar poyasi o’zagi b-n ovqatlanadi. Asosan, kunjut poyasi va ko’saqlariga zarar etkazadi (hosilining 20% va un- dan ortig’ini zararlashi mumkin). Za- rarlangan ko’saqlar muddatidan ilgari ochilib, urug’i to’kilib ketadi, o’simlik quriydi. Qo’ng’izi 4,5—5,5 mm, yaltiroq tanasi do’mboq shaklda. Qanotining usti- da nuqtalardan qosil bo’lgan chiziqlari, juft chiziqlari oralig’ida bir qator oq tukchalari bor. Lichinkaning g’umbakka ay- lanish oldidi o’z. 7 mm, sarg’ish yoki oqish. Tanasining oldingi bo’g’imlari keyin- gilariga nisbatan keng. Boshi ko’krak qismining birinchi bo’g’imigacha cho’zilib kelgan. Lichinkasi oyoqsiz, tanasida tu- klari bor. K.q. lichinkalik davrida kun- jut, kungaboqar yoki begona o’tlarning poyasi ichida qishlab chiqadi. Alr. oyi- ning 2-yarmida ovqatlanib, turgan joyi- da g’umbakka aylanadi. G’umbaqlik davri 30 kun. G’umbakdan qo’ng’izlar may oyi oxirida uchib chiqadi. Qo’ng’iz tuxumini kunjut yoki kungaboqar poyasining ichiga yoki novdalariga qo’yadi. Yiliga bir Mar- ta avlod qoldiradi. Kurash choralari: K.q.gachidamli navlarni ekish, ekinning optimal qalinligini ta’minlash. Ezda va qishda erni begona o’tlardan toza tutish, kun- jut, kungaboqar poyalarini yo’qotish, erni chuqur haydash. Sulton Alimuhamedov.