Kurd adabiyoti
Kurd adabiyoti — kurd xalqining adabiyoti. K. a.ning qad. Yozuv yodgorliklari — mil. 7-a.da noma’lum muallif tomonidan charmga yozilgan do- ston bo’lib, uning ayrim qismlari 1920 y.da Sulaymoniy (Iroq) dan topilgan. 11-17-a.larda she’riyatning yirik va- killari: Ali Xaririy (11-a.), Mella Axmad Jaziy (12-a.), Mella BATE (15-a.), Ahmad Xoniy (17-a.); 19-20-a.larda sa- lim, Xoji qodir, koyi, Noimiy, kur- diy, maxur, Shayx Rizo Talaboniy kabi shoirlar mashhur bo’lgan. 20-a. boshlari- da eng yangi K. a. shakllandi. 20-a.ning 1-yarmida ijod qilgan Hamdiy, Liriy Merda hamda hoz. kurd she’riyati asos – chilaridan biri F. Bekasa asarlarida, shuningdek, 20-a.ning 2-yarmida ijod et- gan yirik shoirlar: A. Xojar (Eron), Sh. Jigarxun, Kadrijon (Suriya), B. Vari- mon, A. Goran, yozuvchilar — Sh. Fattoh, I. Ahmad, M. Barzinji (Iroq), Badirxon (Turkiya) va b. asarlarida kurd xalqining hayoti, ularning milliy mustaqillik va ozodlik uchun kurashi hamda ular yashay- digan mamlakatdagi hukumatlarning si- yosatiga qarshi norozilik kayfiyati ifo- dalangan. 20-a.ning 30-y.lariga kelib, hoz. K. a. yanada rivoj topdi. 1931 y.da A. Shomilovning «kurd choponi» Avto- biografik qissasi, 2-jahon urushidan keyingi davrlarda A. Jindiy, A. Sho- Milov, A. Abdurahmon va b.ning roman va qissalari, J. Jasmiy, A. Avdol, H. Murod, O. Sharo, K. Chachan va b.ning she’- riy to’plamlari nashr etiddi.