KVALIFIKATSION KO’PCHILIK

KVALIFIKATSION KO’PCHILIK — eng muhim masalalar bo’yicha qaror qabul qilish uchun belgilanuvchi, ishtirokchilarning ma‘lum belgilangan qismi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o’zgarishlarda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a‘zolarining 2/3 qismi ovoz berishi kerak.