Kvazizarralar

Kvazizarralar — kondensatla- nuvchi (bir holatdan ikkinchi holatga o’tuvchi) muhitlar (qattiq jism, suyuq geliy) ning elementar uyg’onishlari. Ular o’zlarini kvant zarralardek tuta- Di. K. tushunchasini fanga 1940 y.da L. D. Landau kiritgan. Kondensatlanuvchi muhitlar xossalarini shu muhitni tash- kil qilgan molekulalar, atomlar, ionlar va elektronlarning xossalari orqali na- zariy jihatdan tavsiflash va tushunti- rish ancha qiyin. Chunki hajm birligi 1 sm3 dagi zarralar soni ko’p (1022-1023) va bu zarralar o’zaro kuchli ta’sirlasha- Di. Zarralarning ta’sirlashishi tufay- li kondensatlanuvchi muqitning to’la energiyasi (ideal gazniki singari) ay- Rim zarralar energiyalari yig’indisidan iborat bo’lmaydi. Uning zarralari kvant mexanika qonunlariga bo’ysunadi. Shu sababli, kondensatlanuvchi muhitning kvant nazariyalarida maxsus tushuncha — K. tushunchasi paydo bo’ldi. Real zar- ralar singari K. ham energiya, impuls va elmyalari b-n ifodalanishi mumkin. Har xil energiya holatlari orasidagi o’yinlar, umuman olganda, barcha elek- tronlar harakatiga ta’sir qiladi. Kon- densatlanuvchi sistema sathlaridan bi- rining uyg’onishi shu joyning o’zidagina qolmay, balki sistemadagi qo’shni elek- tronlarga uyg’onish to’lqini ko’rinishida uzatiladi, u ma’lum chastota v va to’lqin uzunligi X ga ega bo’ladi. Kvant mexani- kada K. deb ataladigan hamda energiyasi hv va impulsi p=h/X (u kvaziipuls deb ataladi) bo’lgan kvant mos keladi. Buni bir oz boshqacharoq tushuntirish ham mumkin: kondensatlanuvchi sistemaning har bir navbatdagi uyg’onish holatiga o’tishi yangi K. ning paydo bo’lishi deb qaraladi. K. energiyasi sistema satxlari energiyalari farqiga teng.